Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

Erkin birikma

Turg’un birikma

Topshiriqlar. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ayollr 

nutqiga xos 

iboralar 

Erkaklar 

nutqiga xos 

iboralar 


108 

 

4-tоpshiriq. Quyidаgi so`zlаr qo`llаngаn ibоrаlаrni sаnаng.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-tоpshiriq. O`zbеk хаlqining o`zigа хоs tаbiаti, ruhiyati, mеntаlitеtini

 

 

11-mavzu.ALISHER NAVOIY  NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 

KUTUBXONASI



 

Og‘zaki nutq: Mavzuga  oid  matnni  o‘qib  tushunish.  Matndagi  termin  va  iboralarning 

ma’nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. 



Yozma nutq: Universitet  kutubxonasi  haqida  matn  tuzish.  Elektron  kutubxona  bilan 

ishlash  bo‘yicha  tavsiyalar  yozish.  Badiiy  asarlarga  bag‘ishlangan  internet  saytlarining 

ro‘yxatini tuzish. 

Grammatika: Fe’l so‘z turkumi. Fe’llarda shaxs-son va zamon shakllari. 

 

Tayanch so‘z va iboralar: Milliy kutubxona, elektron kutubxona, internet saytlari, 



frazeologik birlik,  fe’l, zamon shakli, shaxs-son shakli. 

 

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 

 Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  1870-yilda  asos 

solingan. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002-yil  20-fevraldagi  «Ilmiy-tadqiqot 

faoliyatini  takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  Farmoniga  muvofiq  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  kutubxonasi  va  Respublika  ilmiy-texnika  kutubxonasi 

negizida  tashkil  qilingan  Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  uzoq 

tarixga  ega.  Turkiston general  gubernatori  K.P.Kaufman  1867-yil  16-avgustda  Xalq  maorifi 

vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxonaga, Geografiya jamiyatiga, Rossiya Bosh 

bosh 

Ko‘z 


 Bo‘yin 

Og‘iz 


Qo‘l 

 

oyoq 



 

 

 



 


109 

 

shtabiga  kutubxona  tashkil  etishga  va  kitob  omborlaridan  dublet  nusxali  nashrlarni  berish 



bilan yangi kutubxona asosini yaratishga yordam berishni  

so‘rab  murojaat  qildi.  Shu  davr  kutubxona  tarixining  boshlanish  davri  edi.  1870-yil  mayida 

bo‘lajak Toshkent ommaviy kutubxonasining yadrosini tashkil qilgan 2200 dan ko‘proq jild 

(200  nomdagi)  nashr  yig‘ilgan  edi,  bu  ommaviy  kutubxonani  ochishga  imkon  berdi. 

O‘lkaning  katta  bilimdoni  va  kuchli  bibliofil,  kutubxonaning  birinchi  direktori 

N.V.Dmitrovskiy  (1841–  1910)  o‘zining  serg‘ayrat  faoliyati  bilan  Toshkent  ommaviy 

kutubxonasi tarixida uning ravnaqi uchun muhim rol o‘ynadi. 

Kutubxona Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik va qadimgi kitob saqlash maskanlaridan 

biri bo‘lib, 28 nomdagi turli noan'anaviy xizmatlarni ko‘rsatadi. 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-ma’rifiy 

muassasa  bo‘lib,  kutubxonachilik,  bibliografik,  ilmiy  tadqiqot,  ilmiy-metodik  va  axborot 

faoliyatini  olib  boradi.  Kutubxona  fondi  mazmunan  universal  milliy  va  xorijiy  matbuotning 

noyob  to‘plamidir.  Kutubxona  faoliyatining  bosh  maqsadi,  butun  insoniyat  bilimini  aks 

ettirgan, avvalo, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli hujjatlarning universal 

fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taq dim etishdir. 

Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kolleksiyasining faxridir, u 250 mingdan 

ortiq  nashrdan  iborat.  Ularning  15  mingdan  ortig‘i  nodir  kitoblar  hamda  qo‘lyozmalardir. 

Kutubxonaning  o‘ta  noyob  to‘plamida  O‘rta  Osiyoning  1917-yilgacha  bo‘lgan  tarixi, 

etnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid o‘ziga xos ensiklopediya bo‘lgan 594 tomlik 

noyob «Turkiston to‘plami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 noyob 

fotosuratlarni  o‘z  ichiga  olgan  Turkiston  o‘lkasi  aholisining  turmush  tarzi,  urf-odatlari 

to‘g‘risidagi «Turkiston albomi» alohida o‘rin egallaydi. 

Respublika  tarixi  bo‘yicha  XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  birinchi  choragidagi 

o‘lkashunoslik  mavzusidagi  adabiyotlar,  birinchi  Turkiston  litografik,  vaqtli  nashrlari, 

qo‘lyozma  kitoblar  kolleksiyasi,  muqaddas  kitob–Qur'onning  turli  nashrlari  tadqiqotchilar 

uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san'ati 

yodgorligi,  Ivan  Fedorov  tomonidan  1581-yilda  Ostrog  shahrida  bosilgan  «Ostrojskaya 

bibliya»  kitobi,  1647-yilda  Moskvada  cherkov-slavyan  shrifti  bilan  bosilgan  dunyoviy 

mazmundagi «Uchenie i xitrost ratnogo stroeniya pexotnыx lyudey» birinchi rus kitobi, Petr 

davri  kitoblari–Leontiy  Magnitskiyning  «Arifmetika»si  (1703-yil),  Buyuk  Petr  davri 

«Xmochnovskaya  rukopis»  va  boshqalar  mavjud.  G‘arbiy  yevropa  kitoblarining  nodir 

kolleksiyasida  1489-yilda  Nyurnbergda  bosilgan  «Devyataya  Nemetskaya  bibliya» 

inkunabuli,  B.Erbeloning  1697-yilda  Parijda  nashr  qilingan  «Vostochnaya  biblioteka»si 

mavjud. 


Buyuk  ajdodlarimiz  Al-Buxoriy,  At-Termiziy,  Ahmad  Yassaviy,  Bahoutdin 

Naqshbandiy,  Al-Xorazmiy,  Al-Beruniy,  Ibn  Sino,  Alisher  Navoiy,  Amir  Temur,  Mirzo 

Ulug‘bek,  Bobur  asarlari  kutubxona  fondida  ko‘z  qorachig‘idek  saqlanmoqda.  Cho‘lpon, 

Fitrat,  U.Nosir,  Hamza,  G‘.G‘ulom,  A.Qahhor  va  boshqa  ijodkorlarning  hayotligida  chop 

etilgan  asarlarning  ilk  nashrlari,  rus  adiblari  A.S.Pushkin,  L.N.Tolstoy,  A.P.Chexov, 

A.N.Tolstoylarning asarlari bebahodir. 

Xorijiy tillardagi  adabiyotlar fondi  75  dan  ziyod  tillardagi ijtimoiy-siyosiy,  gumanitar, 

tabiiy-ilmiy  va  texnika  masalalariga  oid  nashrlar  bo‘lib,  bugungi  kunda  350  mingdan  ortiq 

nusxani tashkil etadi. 

Kutubxonaning  San'at  bo‘limi  o‘ziga  xos  notali-musiqaviy  asarlar  to‘plamini,  o‘zbek 

klassik  va  jahon  musiqasi  gramplastinka  yozuvlarini,  150  mingdan  ortiq  tasviriy  va  amaliy 

san'at nashrlarini jamlagan. 

Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln.dan ortiq nusxada) ham mazmuniga ko‘ra o‘ziga xos 

bo‘lib,  me’moriy-texnik  hujjatlar,  sanoat  kataloglari  (qog‘ozda)  to‘plami  (33700  nusxadan 

ortiq)dir. 



110 

 

Avtomatlashtirish  yangi  axborot  texnologiyalari  bo‘limi  yagona  avtomatlashgan 



kutubxona  tizimini  qo‘llaydi  va  rivojlantiradi,  elektron  katalog  hamda  elektron  ma’lumotlar 

bazasini yaratishda metodik yordam beradi. 

Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo‘lib, noshirlik hamda matbaa faoliyati 

bilan shug‘ullanadi. 

1988-yildan  kutubxonachilik  jarayonini  avtomatlashtirishga,  1999-yildan  Rossiya 

Davlat  Ilmiy  texnika  kutubxonasining  IRBIS  avtomatlashtirilgan  axborot  dasturidan 

foydalangan  holda  vatanimiz  va  chet  el  yangi  nashrlarining  elektron  katalogini  yaratishga 

kirishildi.  Kutubxonaning  elektron  katalogi  bugungi  kunda  25  mingdan  ortiq  yangi 

adabiyotlarning  bibliografik  yozuvlari  va  davriy  nashrlarning  analitik  yozuvlarini  saqlaydi. 

Kutubxona  o‘z  ma’lumotlar  bazasini  yaratmoqda  va  “Curret  Content”,  “MicroMedex”, 

“Medine”, EBSCO va ma’lumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli foydalanmoqda. 

Kutubxona 1923-yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948-

yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. 

Kutubxona  1956-yildan  buyon  xalqaro  kitob  almashuvini  amalga  oshirib,  uning 

sheriklari  jahonning  24  mamlakatidan  30  dan  ortiq  tashkilotlardir.  Kutubxona  yirik  xalqaro 

kutubxonachilik  tashkilotlari:  IFLA,  yevroOsiyo  kutubxonalar  Assotsiatsiyasi,  elektron 

kutubxonalar  va  yangi  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiqaruvchilar  hamda 

foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining a’zosi. 

Kutubxona  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  va  jamg‘armalar  bilan,  shuningdek, 

O‘zbekistonda  akkreditatsiya  qilingan  chet  mamlakatlarning  elchixonalari  bilan  mustahkam 

ijodiy  aloqalar  o‘rnatgan  bo‘lib,  madaniyati,  diniy  qarashlari  va  tarixiy  ildizlari  turlicha 

bo‘lgan xalqlarning yaqinlashishiga o‘zining hissasini qo‘shmoqda. 

Hozirgi kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln. nusxaga yetgan. 

Kutubxona 

respublikamizdagi 

barcha 


kutubxonalarga 

kutubxonashunoslik, 

bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi. 

 “Kitobxonlik kuni” bayrami 2005- yildan “Mutolaa bayrami”  deb nomlana boshlandi.  




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish