ch undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida keladi: choy, chin, ko‘cha,
omoch, tilmoch. 2) jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta –
ushta, ichdi – ishti.
z undoshi: 1) so‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va
oxirida (aziz, mayiz) qo‘llanadi. 2) ba’zan jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga
o‘tadi: iztirob – istirob, mazkur – maskur, sakkiz – sakkis, tannoz – tannos.
n undoshi – so‘zning barcha o‘rinlarida ishlatiladi (pok, nok, anor, tushun)
lab undoshlaridan oldin qo‘llanganda, «m» ga o‘tadi: shanba – shamba, tanbur –
tambur.
f undoshi: 1) bu undosh sof turkiy so‘zlarda qo‘llanmaydi, faqat
o‘zlashmalarda uchraydi: farzand (toj), farq (ar.), fabrika (rus). 2) so‘zning turli
o‘rinlarida p undoshiga moyil talaffuz etiladi: nafas-napas, qafas-qapas, taraf-
tarap, ulfat-ulpat.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |