1. Matnni o‘qing va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirib bering.
2. Nima uchun kitobni bilim manbai deb hisoblaymiz?
98
3. Oxirgi o‘qigan kitobingiz haqida so‘zlab bering.
4. Quyidagi matnni og‘zaki tarjima qiling.
Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki
unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.“Ma’naviy va jismoniy
barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat
miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil
va qat'iyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini yana
bir marta uqtirib o‘tmoqchiman”, – deydi Prezidentimiz Islom Karimov bir nutqida. Ushbu
“umummilliy va umumdavlat miqyosidagi vazifa”ni bajarish ishiga axborot-kutubxona va
axborot-resurs markazlari, kutubxonalar ham da’vat etilgani o‘z-o‘zidan ravshan. Ma’lumki,
yurtimiz aholisining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil qiladi. Axborot-kutubxona va axborot-
resurs markazlari, kutubxonalarga kitob mutolaa qilish uchunham asosan, yoshlarimiz keladi.
Demak, yosh avlodni Vatanga, O‘zbekiston xalqining urf-odatlari va an'analariga muhabbat
ruhida tarbiyalash jarayonini rivojlantirish va chuqurlashtirish imkonini beruvchi kitoblarni
mutolaa qilishga undash, targ‘ib qilish va bu yo‘nalishdagi faoliyatning yangi shakllarini
topish zarur.
Bu borada axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar kitobxonlar
konferensiyalari, she’rxonlik, davra suhbati, savol-javob kechalari, bilimdonlar bellashuvi,
mavzuli va munozara kechalari, kitob ko‘rgazmalari tashkil etishva ko‘rgazmadagi
adabiyotlar obzorini o‘tkazib borishi lozim.
Shuningdek, “Axborot kunlari”, “Yangi kitoblar kuni” kabi turli-tuman tadbirlar
shakllaridan foydalanish mumkin.
Kitob – bilim manbai. Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql
qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani
uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning
uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib
ketgan.
Ayniqsa, buni donolarning o‘gitlari, yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi durdonalari,
xalqning an’anaviy tarbiya usullarida aks etgan kitob bilan bog‘liq xilma-xil hayotiy
rasm-rusumlar, udumlar va urf-odatlardan ham bilish mumkin.
Xalq kitob haqida naql-rivoyatlargina emas, balki ko‘plab maqollar, aforizmlar,
topishmoqlar, hikmatlar ham yaratgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiyning kitob haqidagi
ushbu misralarini keltirishimiz mumkin.
Kitob va kitobxonlik haqidagi xalq an'anaviy pandnomasi bilan ulug‘larning
dunyoqarashi, mulohazalari bir-biriga juda yaqin, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Bu hol
kitobning katta ma’naviy kuchga egaligi, kitobxonlik inson uchun yuksak mezon ekani bilan
izohlanadi.Kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish, his
etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyot,
adabiy tanqid va pedagogika ko‘magida yuksala boradi.
Kitobxonlik kecha yoki bugun tug‘ilgan emas. Xususan, Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘atit turk”, Abu Abdullo al-Xorazmiyning “Mafatix al-ulum”, Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”,
Xondamirning “Makorim ul-axloq” va Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburlarning qator
asarlarida kitobxonlikka oid qimmatli fikrlar bayon qilingan.
Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Shu ma’noda bugungi kunda kitob
o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yoshlar ko‘proq kino, video,
televidenie, kompyuterga berilib ketdi. Kompyuter hozirgi kunda ko‘pgina xonadonlarga
ham kirib kelgan. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin.
Achinarlisi, bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir
axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi. Masalan, “O‘tgan
99
kunlar” romani asosida ishlangan film qanchalik mahorat bilan suratga olingan bo‘lmasin,
kitobning ta’sirini, jozibasini berolmaydi.
Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor
farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga o‘xshatishgan.
Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir.
Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob
o‘qimaslikning achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik
mo‘rt qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi.Har qanday yangilik ham
bir kun eskiradi. Biroqinsoniyatning ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda
fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-
ma’rifat, adab va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar
ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroqvosita yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: