373
IV. AMALIY MASHG‘ULOTLAR BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik
guruhni 2 ga ajratgan holda tashkillashtiriladi. Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalar qo‘llagan holda faol va interfaol usullar yordamida o‘tkaziladi.
V.
MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Ta’lim sifatini oshirishda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tiborni
talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish
muhim deb belgilandi. Shuning uchun ham yangi o‘quv rejalarida mustaqil ta’limga ko‘proq
e’tibor qaratildi. Bunda tegishli fan bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilishda ularning
bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test
sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini qo‘llash vazifa qilib qo‘yildi.
Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanib kelishi va o‘tilgan materiallarni
mustaqil o‘zlashtirishlari uchun har bir talabaga ushbu o‘qituvchi tomonidan berilgan materiallar
va adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o‘zlashtirganligi joriy baholashda o‘z aksini
topadi. Shu sababli talabaning mustaqil ish bo‘yicha olgan baholari joriy baholash tarkibiga
kiritiladi.
“O‘zbek tili” fani bo‘yicha mustaqil ish 60 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, I
semestrga 24 soat, II semestrga 36 soat ajratilgan.
Mustaqil ishlar amaliy mashg‘ulotlar vaqtida hamda darsdan tashqari topshiriq sifatida
beriladi.
Talaba mustaqil ishlari mazkur fandan kafedrada ishlab chiqilgan “O‘zbek tili” fanidan
mustaqil ishlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”da belgilangan “Portfolio” tizimi asosida
baholanadi.
Mustaqil ish topshiriqlari “soddadan murakkabga” tamoyilida quyidagicha tuzilgan bo‘lib,
bunda talabaning imkoniyatlari inobatga olinadi:
1-tur topshiriqlari darslarda berilgan ta’rif va qoidalardan bevosita foydalangan holda
bajariladigan bo‘lishi lozim. Bunday topshiriqlar sodda, oddiy topshiriqlarni namunalar asosida
bajarishni taqozo qiladi.
2-tur topshiriqlari ma’lum bir mavzuni yoritishda kerak bo‘lgan g‘oyalar va usullardan
foydalana bilishiga asoslangan bo‘lishi kerak. Bunday topshiriqlar masala yoki muammoni
yechishda ulardan amaliy foydalanishni talab qiladi
.
3-tur topshiriqlarni bajarishda talaba masalani hal qilish yo‘llarini mustaqil izlaydi. Bunday
masalalarni hal qilishda talaba qo‘shimcha adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: