39-MAVZU. TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI
Tashkiliy hujjatlarning vazifasi. Tashkiliy hujjatlarning turlari. Tashkiliy hujjatlarning
leksik va stilistik xususiyatlari.Shartnoma. Mehnat shartnomasi. Nizom. Yo‘riqnoma.
Yozma nutq:
Mehnat shartnomasi matnini tuzish. Mehnat shartnomasidagi tayanch so‘zlarni
ajratib yozish. Oliy ta’lim muassasasi Nizomining tuzilishini yozish.
Tayanch so‘z va iboralar:
hujjat turlari, tashkiliy hujjatlar, shartnoma, mehnat shartnomasi,
nizom, yo‘riqnoma, guvohnoma, ergashgan qo‘shma gaplar, bosh gap, ergash gap.
Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va
korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari,
boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa
tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks
ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana
shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |