Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


Alisher Navoiy(1441 – 1501)



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

Alisher Navoiy(1441 – 1501) 

XV    asr  jahon  ma’naviyatining  buyuk  siymosi 

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 - yil 9 - fevralda Hirotda 

tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir 

Temur  asos  solgan  ulug‘  saltanatning  ikkinchi  poytaxti, 

Temurning  kenja  o‘g‘li  Shohrux  Mirzoning  qo‘l  ostidagi  obod 

manzillaridan biri edi.

 

1447 - yilda Shohrux vafot etgach, Temuriy shahzodalar 

o‘rtasida  toj-taxt  dardi  xuruj  qilib,  yurtda  taloto‘p  boshlandi  va  

Alisher Navoiy xonadoni ham ko‘p qatori vatanni tark etdi. Yosh 

Alisher  uchun  taqdir  sinovlari  boshlandi.  Shohruxning  nabirasi 

Abulqosim  Bobur  1452  -  yilda  Hirot  taxtiga  o‘tirgach, 

Alisherning  otasini  Sabzavorga  hokim  etib  tayinladi.  Lekin 

oradan ko‘p o‘tmay G‘iyosiddin kichkina dunyodan ko‘z yumdi. Bu paytda Alisher endigina 12 

yoshga qadam qo‘ygan edi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh do‘sti Husaynni o‘z 

tarbiyasiga oldi, 1456 - yili esa o‘zi bilan Mashhadga olib ketdi. Keyinchalik Husayn Boyqaro 

sipohiylik yo‘lini tanladi, Alisher esa zamonaning “malik ul-kalom”i Mavlono Lutfiy tahsini va 

hayratiga sazovor bo‘lgan iste’dod egasi bo‘lib yetishdi. “Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat 

tutib erdi”, deb yozadi Navoiy 1455 – 1458 - yillar haqida. 

1469  -  yilda  Sulton  Husayn  iltimosiga  ko‘ra  Alisher  Navoiy  Samarqanddan  Hirotga 

qaytadi va ramazon hayiti munosabati bilan do‘sti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga 

taqdim etadi. 

Hirot  bu  davrda  nihoyatda  ko‘rkamlashdi,  xalq  turmushi  yaxshilandi,  she’riyat,  nafis 

san‘atlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Ixlosiya” xonaqohi, 

bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga Qorixona qurildi. Ulug‘ amirning 

kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy 

bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar 

bino etildi. 

Navoiy o‘z “Xamsa” sini yaratishga 1483- yilda kirishgan bo‘lsa, uning birinchi dostoni 

“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni o‘sha yili yozib tugatdi. 1484 - yilda 

“Farhod  va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun”,  “Sab’ai  sayyor”,  1485  -  yilda  “Saddi  Iskandariy”  

dostonini  poyoniga  yetkazdi.  Besh  dostonni  o‘z  ichiga  olgan  bu  ulkan  badiiy  qomus  50  ming 

misradan  oshiq  bo‘lib,  Navoiyning  barcha  she’riy  merosining  deyarli  yarmini  tashkil  qiladi. 

“Xamsa”    Alishyer  Navoiy  ijodining  qalbidir.Shoir  o‘z  “Xamsa”  siga  kiritilgan  dostonlarda 

o‘sha  davr  uchun  muhim  bo‘lgan  muammolarni  qo‘ydi,  mutafakkir  sifatida  ilg‘or  qarashlarni 

ilgari surdi, o‘zbek tilining qudratini olamga namoyish etdi. 




57

 

 



Navoiy  o‘z  ijodi  bilan  o‘zbek  adabiyotining  so‘nggi  rivojini  belgilabgina  qolmay, 

Movarounnahr  va  Xurosonning  butun  ma’naviy  madaniyati  taraqqiyotiga  juda  katta  ta’sir 

ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun 

maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi. 

Hozirda  maktablar,  xiyobonlar,  ko‘chalar  buyuk  shoirimiz  nomi  bilan  yuritiladi.  Uning 

nomida O‘zbekiston Davlat mukofoti ta’sis etilgan. 




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish