Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Tayanch so‘z va iboralar:

 

 

Vatan, vatanparvarlik, jasorat, leksika, ijtimoiy-siyosiy leksika, 

leksikologiya, shevaga xos  so‘zlar. 

 

 

Vatan, aylanayin tuproqlaringdan . . . 

O‘zbekiston  xalq  shoiri  Muhammad  Yusuf 

she’riyatining  asosini  Vatan  mavzusi  tashkil  etadi. 

O‘zbekistonning  mustaqillikka  erishuvi  shoir  ichki 

his-tuyg‘ularini  baralla  avj  pardada  kuylashga,  o‘z 



62

 

 



yurtini  madh  etishga,  ko‘z-ko‘z  qilishga  katta  imkon  berdi.  Yuraklarni  titratuvchi,  qalblarni 

larzaga  soluvchi,  dillardagi  tuyg‘ularni  qo‘zg‘atuvchi  jo‘shqin  misralar,  ko‘ngillarga  taskin 

beruvchi, tillarga samimiylik, musiqiylik baxsh etuvchi go‘zal satrlar Muhammad Yusufgagina 

xosdir. Uning she’riga bastalangan birorta qo‘shiqni hirgoyi qilmagan o‘zbek bormikin bugun? 

Shoirning  katta  tantanalarda  xuddi  madhiyaday  yangragan    qo‘shig‘idan  qalblar  larzaga 

kelguday  darajada  mijjalaringiz  yoshga  to‘lib  ta’sirlanganmisiz,  yurtdoshim?  Bu  san'at 

muvaffaqiyatining  siri  –  Muhammad  Yusuf  she’rlari  mavzuining  hayotga  yaqinligidir.  U 

balandparvoz  so‘zlar  bilan  she’r  aytmadi.  Aksincha,  sodda,  samimiy,  o‘zbekona  til  bilan  xalq 

yuragidan joy oldi. Xalqning dilidagi gaplarni she’rga soldi. 

Ulug‘tog‘day ulug‘im, 

Qal'am – O‘zbekistonim. 

O‘zbekman,  o‘zbekligim 

Mening oliy unvonim, deydi shoir. 

Bugungi  yoshlarimizning  ma’naviy  sog‘lom  bo‘lib  kamol  topishida  Muhammad 

Yusufning  butun  ijodi  to‘laligicha  katta  hayotiy  darslik  vazifasini  o‘taydi.  Chunki  shoir 

aytganiday, yuragida Vatanni chindan anglab his qila olgan odamgina uning qadriga yetadi, uni 

jonu dili bilan seva oladi.  

O, ota makonim, 

Onajon o‘lkam, 

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. 

Senday mehribon yo‘q, 

Seniningdek ko‘rkam, 

Rimni alishmasman bedapoyangga... 

 

Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, 



Bildimki, yaqini shu tuproq menga, 

Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, 

Arab ohusidan azizroq menga. 

M.Yusuf  uchun  Vatan  –  bu  unga  ertaklar  so‘ylagan  Zamin,  yalpizlar  yastangan  dala-

dashtlar, osmonga tutashgan oqterak o‘lka, oltin beshik uzra alla aytgan onaizori, jilg‘a jarangi 

bilan  tongni  uyg‘otib  kelgan  bahordir.  Shoir  Rustamlari  doston  bo‘lgan,  Alpomishlar,  uzun 

kokilli Barchinoylar yurtining farzandi, u ulug‘ Sohibqiron Alisher zurryodi ekanligidan, yulduz 

bilan  sirlashgan  hazrati  Ulug‘bek  bilan  faxrlanadi.  Kuzda  uchib  ketgan  qushlari  bahorda  yana 

ayvonlarni qo‘msab keladigan, ko‘ngli bo‘sh bo‘lsa-da mushti qattiq, qo‘li ochiq, mehri daryo, 

“qizlariga alla aytgan, o‘g‘liga ot bo‘lib cho‘kkan”, topganini dasturxonga sochgan, tuprog‘i zar 

O‘zbekiston  farzandi.   U  yana  ipak  tola  kabi  shitirlab  yoqqan  yomg‘irdan  so‘ng  qiqirlab  qirga 

chiqqan lolalari, jildiragan jilg‘alari, qalbga taskin beruvchi “Tanovar” kabi navolari, ko‘ringanni 

duo  qiluvchi  momolarini  ko‘z-ko‘z  qiladi.  Bu  kabi  o‘xshatishlar  insonni  go‘zallikni  his  qilib 

yashashga o‘rgatadi. 

Shu Vatanga nafim tegsa deyman mening ham, 

Yurak undan bir so‘z kutib bo‘ylar osmonga. 

O‘g‘lim, desa ikki qo‘llab jonimni tutib, 

Sig‘inaman mo‘min va sof O‘zbekistonga. 

 Muhammad  Yusuf  she’rlari  yosh  avlod  qalbida  vatanparvarlik,  milliy  g‘urur  va  iftixor 

tuyg‘ularini  shakllantiradi,  xalqimiz  xarakteriga  xos  bo‘lgan  samimiylik,  ochiqko‘ngillik, 

mehribonlik, sadoqat, mardlik, halollik kabi qadriyatlarni singdiradi. Bunday komillik darajasiga 

erishishi, ajdodlarga mos avlod bo‘lib yetishishi uchun shoir yoshlarni ilmli bo‘lishga undaydi:  

 

      Alp o‘g‘lonlar o‘lkasidir O‘zbekiston, 



      Erkli elning qanotlari ilm istang, 

      Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, 

      Alisherning avlodlari, ilm istang.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish