ma’nosini izohlash. Matnni ijodiy so‘zlash.
Yozma nutq:
“Orol fojiasi” mavzusida taqdimot tayyorlash. O‘zbekiston ekologik harakatining faoliyati
Intervyu olish va intervyu berish qoidalari.
hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanish va atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga
162
Ekologiyani saqlashning asosiy vazifalari resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz
ishlab chiqarishni joriy etish, tabiatni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat
qilish, ularning oldini olish, hozirda yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvon turlarini
muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilishning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Bunga misol qilib,
Vavilon davlatining bundan 4 ming yil oldin o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar
ko‘rilganligi, bu choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o‘limga mahkum
qilinganligini aytish mumkin.
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn
Sino va boshqalar tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya
fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi,
tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy bobomiz o‘z risolalarining birida shunday
yozadi:
“Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar,
daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”…
Mutafakkirlarning fikricha, tarixga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan. Ularning biri –
tabiat, ikkinchisi – insoniyat tarixidir. Lekin ular uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqador. Chunki, inson
boshqa tirik jonzotlardan tubdan farq qiladi. Inson moddiy va ma’naviy madaniyati o‘rtasidagi
uyg‘unlik tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Umuman olganda, moddiy va
ma’naviy rivojlanish bosqichlari tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan to‘qnash bo‘lib kelgan.
Biroq bu muammoga alohida e’tibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga
keldi. 1864-yili AQSHda J.Marshning “Inson va tabiat” kitobi chop etildi. Unda tabiatni
muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berilgan. 1910-yili Shvetsariyada
yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan. 1913 yili Bernda tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash chaqirilgan. 1948-yilda esa tabiatni muhofaza qilish
xalqaro ittifoqi tuzilgan. Bu harakatlar XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi.
O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan kuchaytirila boshlandi.
Bu o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan maqsadli rejalar
tuzilishi va ko‘plab natijalarga erishuvga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, ekologiyaning davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgani, shuningdek, har bir
hududlarda aholi o‘rtasida olib borilayotgan turli tadbirlar, barcha ta’lim muassasalarida yoshlar
o‘rtasida o‘tkazilayotgan semenar treninglar, davra suhbatlari o‘quvchilar ongida ona tabiatga
bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashga, ular ongida ekologik ta’lim-tarbiyaning taraqqiy
topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: