Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

18-mavzu. TABIAT VA INSON.

 

Og‘zaki nutq: 

Mavzuga  oid  matnni  o‘qib  tushunish.  Matndagi  termin  va  iboralarning 

ma’nosini izohlash. Matnni ijodiy so‘zlash.  

Yozma nutq: 

Dunyoda va O‘zbekistonda mavjud ekologik muammolar haqida esse yozish. 

“Orol  fojiasi”  mavzusida  taqdimot  tayyorlash.  O‘zbekiston  ekologik  harakatining  faoliyati 

to‘g‘risida ma’lumot tayyorlash. 



Grammatika: 

Intervyu olish va intervyu berish qoidalari.  



Tayanch so‘z va iboralar:

 

tabiat, inson, tabiat muhofazasi, orol muammosi, ekologik 

muammo, intervyu, intervyu olish, intervyu berish.  

 

 

TABIAT MUHOFAZASI – MUQADDAS BURCH! 

 

Har  bir  inson  ona  zamin  quchog‘ida 

ulg‘ayar ekan, zimmasiga bir qancha muqaddas 

burch  va  shu  tuproqqa  mas'ullik  hissi 

yuklangandir.  Atrof-  muhitni,  aziz  ne’matlarni 

asrab-avaylash, 

unga 

ehtiyotkorona 



munosabatda  bo‘lish,  sevish  va  ardoqlash  har 

kishining  ham  insoniy  ham  fuqaroviy  ajralmas 

burchidir.   Tabiat  muhofazasi  esa  ana  shunday 

ezgu maqsadlarning eng ulug‘idir. 

Bu  burch  insonning  atrof-muhitga  salbiy 

ta’siri  yuzaga  kelgan  uzoq  o‘tmishdan  yaxshi 

ma’lum.  Tabiatni  muhofaza  qilish  deganimizda 

hozirgi  va  kelgusi  avlodlarning  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  tabiiy  boyliklardan  oqilona 

foydalanish  va  atrof-muhitni  musaffo  holida  saqlashga  qaratilgan,  ilmiy  asosda  amalga 

oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmui tushuniladi. 




162 

 

Ekologiyani  saqlashning  asosiy  vazifalari  resurslardan  oqilona  foydalanish,  chiqindisiz 



ishlab  chiqarishni  joriy  etish,  tabiatni  ifloslanishidan  saqlash,  salbiy  o‘zgarishlarni  bashorat 

qilish,  ularning  oldini  olish,  hozirda  yo‘qolib  borayotgan  o‘simlik  va  hayvon  turlarini 

muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir. 

Tabiatni muhofaza qilishning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Bunga misol qilib, 

Vavilon  davlatining  bundan  4  ming  yil  oldin  o‘rmonlarni  muhofaza  qilish  sohasida  choralar 

ko‘rilganligi,  bu  choralarni  buzgan  kishilar  qattiq  jazolanganligini  va  hatto  o‘limga  mahkum 

qilinganligini aytish mumkin. 

O‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn 

Sino  va  boshqalar  tabiiy  fanlarning  rivojlanishiga  katta  hissa  qo‘shganlar.  Ular  hali  ekologiya 

fani  dunyoga  kelmagan  davrda  tabiat  va  undagi  muvozanat,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi, 

tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytganlar. 

Buyuk  alloma  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  bobomiz  o‘z  risolalarining  birida  shunday 

yozadi: 

“Bilingki,  daryoning  ko‘zlari  yoshlansa,  uning  boshiga  kulfat  tushgan  bo‘ladi.  Odamlar, 

daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”… 

Mutafakkirlarning fikricha, tarixga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan. Ularning biri – 

tabiat, ikkinchisi – insoniyat tarixidir. Lekin ular uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqador. Chunki, inson 

boshqa tirik jonzotlardan tubdan farq qiladi. Inson moddiy va ma’naviy madaniyati o‘rtasidagi 

uyg‘unlik  tarixiy  taraqqiyotning  harakatlantiruvchi  kuchidir.  Umuman  olganda,  moddiy  va 

ma’naviy rivojlanish bosqichlari tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan to‘qnash bo‘lib kelgan. 

Biroq bu muammoga alohida e’tibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga 

keldi.  1864-yili  AQSHda  J.Marshning  “Inson  va  tabiat”  kitobi  chop  etildi.  Unda  tabiatni 

muhofaza  qilishning  zarurligi  haqida  dastlabki  fikrlar  berilgan.  1910-yili  Shvetsariyada 

yevropadagi  birinchi  tabiatni  muhofaza  qilish  jamiyati  tuzilgan.  1913  yili  Bernda  tabiatni 

muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash chaqirilgan. 1948-yilda esa tabiatni muhofaza qilish 

xalqaro  ittifoqi  tuzilgan.  Bu  harakatlar  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  ayniqsa  kuchaydi. 

O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan kuchaytirila boshlandi. 

Bu o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan maqsadli rejalar 

tuzilishi va ko‘plab natijalarga erishuvga sabab bo‘ldi. 

Ayniqsa,  ekologiyaning  davlat  siyosati  darajasigacha  ko‘tarilgani,  shuningdek,  har  bir 

hududlarda aholi o‘rtasida olib borilayotgan turli tadbirlar, barcha ta’lim muassasalarida yoshlar 

o‘rtasida  o‘tkazilayotgan  semenar  treninglar,  davra  suhbatlari  o‘quvchilar  ongida  ona  tabiatga 

bo‘lgan  muhabbatni  mustahkamlashga,  ular  ongida  ekologik  ta’lim-tarbiyaning  taraqqiy 

topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish