Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

KASHFIYOTLAR OLAMIDA 

Mendeleyevning bashoratlari

 

Rus  xalqining  buyuk  farzandi  Dmitriy  Ivanovich  Mendeleyev  fanda  yangi  ilmiy 



dunyoqarashlarning yaratuvchisi sifatida maydonga chiqdi. Mendeleyevning hayoti va ilmiy 

faoliyatini o‘rganarkanmiz, uning ilmga sodiqligini, fan va amaliyotning bir-biri bilan qat'iy 

va uzluksiz bog‘liqligini ta’minlash borasidagi faoliyatini kuzatamiz. 

Mendeleyev  o‘ziga  xos  tabiiy-ilmiy  qonuniyatlarni  kashf  qildiki,  ularning  amaliyotda 

qo‘llanilishi  mayda  zarrachalardan  insonning  ehtiyoji  uchun  zarur  bo‘lgan  juda  katta 

miqdordagi  energiyalarni  olish  imkoniyatini  berdi.  Uning  nomi  yana  shu  bilan  o‘chmaski, 

olim davriy qonunni (1869) kashf etdi, kimyoviy elementlarni o‘z xossalariga asosan ma’lum 

tartibda  joylashtirishning  uddasidan  chiqdi.  Olimning  kimyo  va  fizika  borasidagi  hozirgi 

zamon  kimyo  va  fizikasi,  birinchi  navbatda  atomlar  to‘g‘risidagi  tushunchalari  shu  fanlar 

rivojlanishiga turtki berdi. 

Mendeleevning  ilmiy  merosidagi  falsafiy  qarashlar  iqtisodiy  va  siyosiy  maqolalari, 

publitsistik  ocherklari,  tabiiy-ilmiy  fikrlari  va  kashfiyotlari  bilan  bevosita  bog‘lanib  ketgan. 

Mendeleyevning  ijtimoiy-iqtisodiy,  shuningdek,  falsafiy  qarashlari,  ishlab  chiqarish 

munosabatlari, sanoatning o‘sishi bilan bog‘liq. Uning dunyoqarashidagi dastlabki asos — bu 

ishlab chiqarish kuchlarini cheksiz rivojlantirish g‘oyasidir. 



150 

 

Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish fabrika-zavodlarni rivojlantirishga olib keladi, 



deydi u. Jamiyat hayot tarzi moddiy jihatlarini, ehtiyojlarini hisobga olgan holda, eski qoloq-

patriarxal xo‘jalik yuritish shaklidan so‘zsiz shahar tipidagi fabrika-sanoat xo‘jalik sharoitiga 

o‘tish zarurligini ta’kidlaydi. 

Mendeleyevning  siyosiy  dunyoqarashi  uning  iqtisodiy  dasturlariga  bo‘ysungan  edi. 

«Chorlovchi o‘ylar» asarida u rus sanoatining yuksalishida hukumat oldida turgan vazifalarni 

ko‘rsatib  berib,  uning  oldidagi  to‘siqlarni  olib  tashlash  kerakligini  qayd  etadi.  Olimning 

industriyani  rivojlantirishga  ilmiy-madaniy  jihatdan  yondashishi  yanada  ahamiyatlidir.  U 

fanning fundamental bilim manbai ekanligini hisobga olgan holda, hech qachon progmatizm 

g‘oyalarida  turmagan.  Bu  uning  dunyoqarashiga  yot  narsa  edi.  Progmatizm  —  ilm-fanning 

ahamiyatini  faqat  bilimlar  to‘plami  sifatida  anglab,  uning  ishlab  chiqarishdagi  rolini 

tushunmaslik bo‘lib, bu Mendeleyev tomonidan to‘g‘ri talqin qilingan edi. 

Mendeleyev  materiyasiz  harakat  mavjudligi  haqidagi  idealistik  fikrlarni  rad  etadi. 

«Harakat  harakatlanuvchi  narsani  talab  etadi»  —  deb  yozgan  u.  Xuddi  mana  shunday,  u 

Ostavldning  «energetizm»  (dunyoda  faqat  energiya  mavjud  deb,  materiyani  inkor  etuvchi 

dunyoqarash)  g‘oyalariga  qarshi  chiqadi.  U  materiyaning,  moddaning  inkor  etilishi,  tashqi 

dunyoning rad etilishiga olib kelishi, uni sub'ektiv tarzda tushunish ekanligini ko‘ra bildi. 

«Energetiklar  har  qanday  moddiyatni  inkor  etishadi,  ularning  aytishicha,  biz  faqat 

modda  tomonidan  beriladigan  energiyani  bilamiz  va  bundan  ko‘rinadiki,  moddiyat  bu 

energiyaning o‘zginasidir. Bu mening fikrimcha, dunyoni, materiyani sub'ektiv tushunishdir» 

deydi olim. Mendeleyevning asosiy g‘oyalaridan biri ruhning materiyasiz mavjudligini inkor 

etishidir.  U  o‘zining  «realistik»  qarashlarida  bir-biridan  ajratib  va  o‘z  navbatida  birlashtirib 

bo‘lmaydigan uch substantsiya: moddiyat, kuch va ruh haqida to‘xtalib o‘tadi. Uning ajoyib 

asari  —  «Dunyo  efirini  kimyoviy  tushunishga  urinish»  quyidagi  falsafiy  kirish  bilan 

boshlanadi: «Xuddi baliq o‘zini muzga urgani kabi, necha asrlardan beri donishmandlarning 

hamma  fikrlari  barcha  narsada  umumiylikka  intilish,  ya’ni  «barcha  narsaning  boshi»ni 

qidirishdir. Lekin bu narsa yana bir-biri bilan bog‘liq va o‘z navbatida qorishmaydigan uch 

substantsiya:  moddiyat  (materiya),  kuch  (energiya)  va  ruhning  tan  olinishiga  olib  keldi.» 

Mendeleyev shuningdek, dunyoning birligi va uning elementlariga to‘xtaladi. 

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  Mendeleyevning  ijtimoiy  va  ilmiy-falsafiy 

qarashlari o‘ziga xos va turli-tumandir. Ishlab chiqarish kuchlarini cheksiz taraqqiy ettirish va 

iqtisodiy  masalalar,  shuningdek,  tabiat  qonunlariga  dialektik  yondashish  olim 

dunyoqarashining  asosini  tashkil  etadi.  Unda  qaror  topgan  bunday  dunyoqarash,  tabiiy 

fanlarning  rivojiga  katta  hissa  qo‘shgan  olamshumul  kashfiyot  —  davriy  qonun  va  davriy 

sistemaning yaratilishiga olib keldi. 

Kimyoviy  elementlar  davriy  qonunining  yaratilishi  D.I.  Mendeleyev  hayoti  va  o‘sha 

paytda  fan  tarixidagi  eng  muhim  voqyealardan  biri  bo‘lgan  edi.  Tabiatning  ko‘pchilik 

qonuniyatlari  aniq  va  tabiiy  fanlar  borasida  XIX  asrda  yaratilgan.  XVII  asrda  butun  olam 

tortish  qonuni,  keyinroq  Lomonosovning  modda  massasining  saqlanish  qonuni,  Darvinning 

evolyutsion  nazariyalari  o‘sha  paytda  yaratilgan  va  tabiatni  ilmiy  asosda  tushunishga 

qaratilgan  dunyoqarashni  shakllantira  boshlagan  edi.  Mendeleyevning  davriy  qonuni 

yuqoridagi kabi «klassik» tabiat qonunlarining biri bo‘lib, nafaqat kimyo, balki butun ilm-fan 

borasidagi  katta  yutuqlardan  biri  edi.  Mendeleyev  davriy  qonunining  yaratilishi  bir  qator 

o‘ziga  xosliklarga  ega.  1869-yil  Mendeleyev  o‘sha  paytda  ma’lum  bo‘lgan  kimyoviy 

elementlarni ma’lum bir qatorga (atom massasi ortib borishi tartibida) joylashtirganda, ba’zi 

elementlar  va  ular  hosil  qilgan  birikmalarning  kimyoviy  va  ba’zi  fizikaviy  xossalari  davriy 

ravishda o‘zgarishini aniqladi. Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy sistemasiga duch 

keldi. U jadval tuzib, unda elementlarning kimyoviy belgilarini atom massalari ortib borishi 

va kimyoviy xossalarining qaytarilishi tartibida joylashtirib chiqdi. Bunda jadvalning qator va 

guruhlarida xossalari bilan bir-biriga o‘xshash elementlar joylashdi. Bu davriy sistema hozirgi 

kunda hammaga tanish, uni butun dunyo maktablarida o‘rganishadi. 




151 

 

Mendeleyevning  kashfiyoti  tabiatni  ilmiy  asosda  tushunishga  yordam  beradi.  Qadimgi 



dunyoning  buyuk  allomalari  Levkip,  Demokrit  va  Epikur  tabiatdagi  barcha  narsalar  mayda, 

ko‘zga  ko‘rinmas  zarrachalardan  tuzilgan,  deb  aytib  ketishgan.  Qadimgi  atomistik  qarashlar 

XVIII-XIX asrga kelib yana qaytadan tiklandi va rivojlantirildi. Olimlar moddalarning fizik 

va kimyoviy xususiyatlari bog‘liq ravishda o‘zgarishini eng mayda zarrachalar — atomlardan 

qidirishga  tushishdi.  Endi,  nima  uchun  elementlarning  atom  massalari  ortishi  bilan  ularning 

davriy xossalari takrorlanishi ayon bo‘la boshlagan edi. 

Ma’lumki,  Mendeleyevdan  ham  oldin  kimyoviy  elementlar  ma’lum  bir  tartibga 

solingan.  Bulardan  Debereyner,  Odling,  Shankurtua,  Nyulends,  Lotar  Maer  va  boshqalarni 

eslab  o‘tish  mumkin.  Mendeleyevning  yuqorida  zikr  qilingan  o‘tmishdoshlari  kimyoviy 

elementlarning xossalari davriy ravishda o‘zgarishini aniqlagan bo‘lsalar-da, lekin butun bir 

sistemani yarata olishmadi. Mendeleevning uzoq izlanishlari natijasida davriy qonun yaratildi. 

Mendeleyev  qog‘oz  kartochkalarga  o‘sha  paytda  ma’lum  elementlarning  atom  massalari, 

kimyoviy  birikmalari  va  nomini  yozib  chiqadi.  Bunda  u  elementlarning  valentligi,  ya’ni 

boshqa atomlar bilan bog‘lanishlar hosil qilish xususiyatiga e’tiborini qaratdi. Mendeleyev bu 

kartochkalarni  turlicha  joylashtirib,  ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikni  izladi.  Tadqiqotchi 

elementlarning  faqatgina  o‘xshash  xossalarinigina  e’tiborga  olmasdan,  balki  ularning 

farqlarini  ham  kuzatdi.  Masalan,  u  litiy  —  Li  deb  ataladigan  ishqoriy  metallning  xossalari, 

boshqa bir ishqoriy metall natriyniki — Na kabi ekanligini aniqladi. Ular atom massalari ortib 

borishi  tartibida  joylashtirilsa,  orasiga  yana  olti  element  joylashadi.  Xuddi  ana  shuncha 

elementdan  so‘ng  natriyning  —  Na  xossalari  boshqa  bir  ishqoriy  metall  kaliy  —  K  da 

takrorlanadi.  Mendeleyev  bu  xususiyat  boshqa  holatlarda  ham  takrorlanishini  kuzatdi. 

Elementlar qatorida kimyoviy birikmalarning xossalari davriy ravishda o‘zgarishi va bu holat 

atom massalari ortib borishi, shuningdek, ma’lum sondagi elementlardan keyin takrorlanishini 

e’tiborga olib, Mendeleyev kimyoviy elementlarning nomlarini ma’lum tartibda yozib chiqib, 

davriy  sistemani  tuzishga  erishdi.  Davriy  sistemaning  har  bir  katakchasida  biz  kimyoviy 

elementning  simvoli,  tartib  raqami  va  atom  massalari  qiymatini  ko‘ramiz.  Vertikal  qatorlar 

guruhlar,  gorizonital  qatorlar  esa  davrlar  deb  nomlandi.  Mendeleev  shuningdek,  kimyoviy 

elementlarning xossalari o‘n yettita elementdan keyin ham takrorlanishini kuzatdi va davrlarni 

katta-kichigiga ajratdi. 

Kimyogar  o‘zi  yaratgan  qonunning  ob'ektivligiga  to‘la  ishongan  holda,  o‘sha  paytda 

ma’lum bo‘lgan ba’zi elementlarning atom massalariga tuzatish kiritdi. Agar elementlar faqat 

atom  massalari  tartibida  (o‘sha  vaqtda  ma’lum  bo‘lgani  bilan)  joylashtirilganda,  davriy 

qonundan  bir  qator  chetlashishlar  kuzatiladi.  Masalan,  agar  biz  elementlarni  yuqoridagidek 

joylashtirganimizda  alyuminiy  tagida  titanni,  kremniyning  tagida  vadaniyni,  xossalari 

umuman  o‘xshash  bo‘lmagan  elementlarni  uchratgan  bo‘lar  edik.  Uning  elementlarning 

kimyoviy xossalarini e’tiborga olib, unga yaqin elementlarning atom massalariga o‘zgartirish 

kiritdi.  Mendeleyev  davriy  sistemasida  davriylik  elementlar  o‘rtasida  ma’lum  bo‘sh 

katakchalar  (o‘sha  vaqtda  noma’lum  bo‘lgan  elementlar  uchun)  tashlab  ketilgandan  so‘ng 

takrorlanar edi. Mana shu bo‘sh katakchalarga Mendeleyev o‘sha paytda noma’lum bo‘lgan 

elementlarni  joylashtirdi.  Bu  elementlar  alyuminiydan  keyin  joylashgan  edi.  (Mendeleev 

ularni  «eka-alyuminiy»,  sanskritchadan  -  «eka»  -  bir,  «ekakremniy»  va  «ekobar»  deb 

nomlagan).  Mendeleyev,  hatto  bu  noma’lum  elementlarning  xossalarini  oldindan  bashorat 

ham  qildi.  1875-yil  Parij  Fanlar  akademiyasida  katta  voqyea  yuz  berdi.  Bu  yerda  frantsuz 

olimi Lekok De—Buabodran tomonidan topilgan noma’lum element ta’riflandi. Unga Galliy 

(Fransiya  sharafiga)  deb  nom  qo‘yishdi.  Mendeleyev  darhol  bu  yangilikdan  xabar  topgach, 

Parijga  xat  jo‘natib,  Lekok  De-Buabodran  tomonidan  topilgan  element  o‘zi  ta’riflagan 

«ekaalyuminiy» ekanligini va uning solishtirma og‘irligi Buabodran aniqlaganidek 4,7 emas, 

balki  5,96  ga  teng  ekanligini  aytadi.  Lekok  De-Buabodran  Mendeleevning  xati  bilan 

tanishgach,  o‘z  tadqiqotlarini  takrorlaydi  va  haqiqatdan  ham  yangi  elementning  solishtirma 

og‘irligi  4,7  emas,  balki  5,96  ga  teng  ekanligini  aniqlaydi.  Tez  orada  Shved  ximigi  Nilson 




152 

 

ta’rifidan  «Ekabor»  —  skandiy  va  nemis  ximigi  Vinkler  tomonidan  germaniy,  Mendeleyev 



tomonidan, ayniqsa, xossalari batafsil bashorat qilingan«ekasilitsiy» topildi. 

Mendeleyevning  yuqoridagi  ilmiy  bashoratlari  ro‘yobga  chiqishi  u  yaratgan  davriy 

sistema  va  davriy  qonunning  ob'ektivligi,  haqqoniyligining  yorqin  isboti  bo‘ldi.  Shundan 

keyin 1894-yilda Reley va Ramzay tomonidan inert gazlarning (argon va boshqalar) ochilishi 

natijasida  davriy  sistemaga  bir  qator  o‘zgartirishlar  kiritilib,  yanada  takomillashib  bordi. 

Mendeleev davriy qonun va davriy sistemani yaratish borasidagi ishlarining oxirida shunday 

degan  edi:  «Mening  hamma  xulosalarim  shunga  olib  kelyaptiki,  elementlarning  atom 

massalari,  ayni  element  va  u  hosil  qilgan  birikmalarning  xossalarini  belgilab  beradi.  Atom 

massalari  oshib  borishi  tartibida  joylashtirilgan  elementlar  xossalari  davriy  ravishda 

takrorlanadi». 

Fan  taraqqiyotiga  Mendeleyevning  qo‘shgan  ulkan  hissasi  shundaki,  o‘zining  birinchi 

bor  kashf  qilingan  davriy  qonun  zaminida  yaratgan  elementlar  davriy  sistemasida  ana  shu 

qonunning grafik ifodasini izchil ravishda, aniq talqin qilib berdi. Shu bilan birga, u o‘zining 

mavjud elementlar sistemasida hamma elementlarning solishtirma og‘irligiga qarab bir butun 

sxemaga  joylashtirdi,  ularning  obyektiv  tabiiy  -  qonuniy  aloqada  birlashib  yoki  ajralib 

turishini ko‘rsatib berdi. Uzoq vaqt izlanishlar natijasi sifatida olim oldindan bashorat qilib, 

hali fanga ma’lum bo‘lmagan, ochilmagan elementlarning tabiatda mavjudligini va ularning 

solishtirma hamda atom og‘irligini oldindan bayon qilib bergan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish 

zarurki,  birinchi  bor  «element»  kategoriyasi  va  uning  mohiyati  Mendeleyev  tomonidan 

izohlab berildi. 

Hozirgi  paytda  buyuk  ixtirochining  yuqoridagi  davriy  qonuni  ta’rifi  har  bir  maktab 

o‘quvchisiga yaxshi tanish. Ilm-fan taraqqiyoti bizning asrimizda undagi ba’zi kamchiliklarni 

bartaraf etish imkonini berdi. Lekin shunga qaramay Mendeleevning davriy qonuni XIX asrda 

nafaqat kimyo, balki butun tabiiy fanlarning rivojiga turtki bo‘ldi va hozirgi kunda ham o‘z 

kuchini  saqlab  qoldi.  Davriy  qonun  xususiy  qonun  bo‘lmasdan,  balki  umumiy  qonuniyatlar 

jumlasiga  kiradi.  Unda  dialektika  qonunlari  o‘z  ifodasini  topgan.  (Masalan:  «Miqdor 

o‘zgarishlarning  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi»  qonuni  davriy  sistemada  yaqqol  ko‘rinadi.  Li 

(qattiq  modda),  uning  atom  massasi  m=7  va  yadro  zaryadi  oshib  borishi  bilan  butunlay 

boshqa sifat ko‘rsatkichga ega bo‘lgan element — G‘ (gaz), atom massasi m=19ga o‘tiladi.) 

Mendeleyevning  davriy qonuni  yordamida  hozirgi  kunda  vaqt  va  o‘lchov,  ikki  dunyo: 

musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, 

geokimyoning  ko‘pchilik  masalalari,  tirik  organizmlardagi  biologik  va  fiziologik  jarayonlar 

o‘z yechimini topmoqda. 

Lug‘at 

tejash – экономить 

aziyat chekish – страдать, мучиться 

to‘qima   – ткань 

davriy – периодический 

kimyoviy birikma – химическое соединение 

bashorat qilish – предсказать 

jismoniy– физический 

baholash – оценивать 

so‘rovnoma – опрос, анкетирование 

 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish