Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


GRAMMATIKA: SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING QO‘LLANISHI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

GRAMMATIKA: SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING QO‘LLANISHI.                       

SO‘Z TURKUMLARI 

 

Respublikamiz  o‘z  mustaqilligiga,  ona  tilimiz  esa  Davlat  tili 



maqomiga  erishgan  bugungi  kunda  turli  fanlar,  jumladan,  o‘zbek 

tilshunosligi 

oldida 

yangidan-yangi 

vazifalar 

ko‘nd 


alang 

bo‘lmoqda.Hozirgi 

ijtimoiy-iqtisodiy 

hamda 


ilmiy-texnik 

tub 


o‘zgarishlar  davrida  yangi-yangi  fanlar  va  tushunchalar  yuzaga 

kelmoqda.  Jumladan,  o‘zbek  tilida  ham  yangi  terminlar  paydo 

bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar 

kasb  etmoqda.  Shu  boisdan  leksikologiya,  xususan,  terminologiya  oldida  qator  muhim 

masalalarni yechish vazifasi turibdi.

 

So‘nggi  yillarda  va  bugungi  kunda  terminologiyaning  amaliy  va  nazariy  masalalarini 

yanada  chuqurroq  o‘rganish,  terminlar  yaratish  va  ularni  qo‘llashni  til  qonuniyatlari  asosida 

tartibga  solish  davlat  ahamiyatiga  molik  muammoga  aylandi.  Shuning  uchun  ona  tilimizning 

turli  terminologik  tizimlarini  yanada  teranroq  tadqiq  etish,  ularni  terminologiyaning  xilma-xil 

masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 

Qayd    etish    lozimki,    o‘zbek    tilshunosligida      yuzlab  olimlarning  monografiya, 

dissertatsiya  va  lug‘atlari,  ko‘plab  maqolalari  yuzaga  kelgan.  Shunga  qaramay,  yana  qator 

terminologik  tizimlar  o‘z  tadqiqotchilarini  kutmoqda.  O‘zbek  tilining  kimyo-texnologiya 

terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq  ifodasini topa olgani yo‘q. 

Yangi  terminlar  ichida  kimyo-texnologiya  bo‘yicha  terminologik  tizim  ham  o‘ziga  xos 

o‘rinni  egallab  kelmoqda.  Shu  boisdan  fan  va  texnika  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  bu 

terminlarni  ham  tilshunoslik  nuqtai    nazardan  tadqiq  yetish  muhim  ahamiyat  kasb  yetadi. 

Amaliy,  ayniqsa,  nazariy  masalalarni  hal  etish  uchun  kimyo-texnologiya  terminlar  tizimini, 

ularning  yasalish  qonunlarini,  shakllanish  manbalarini,    umumtilda    qo‘llanish    doirasini,  

mazkur  tizimda  ro‘y  berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi 

qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi. 

Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish 

ham juda dolzarbdir.. 

Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning 

barcha  sohalarida  yangidan-yangi  narsa,  predmetlar  va  tushunchalar  paydo  bo‘la  boshladi.  Bu 

hol  til  lug‘at  tarkibining  salmoqli  ravishda  boyishiga  olib  kelmoqda.  Binobarin,  termin 

muammosi  hozirgi  leksikologiyaning,  asosiy  masalalaridan    biri    bo‘lib    qoldi.    Alohida  

ta’kidlash  lozimki,  termin  hamda  terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat 

ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham 

katta ahamiyatga egadir. 

 “Termin”  tushunchasiga  yuklangan  mazmun  quyidagicha  belgilarga  asoslanadiki,  bular 

terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli: 

1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, 

fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir; 

2)  termin-konkret  narsa-predmet,  ashyo,  mavhum  tushunchalarning  maxsuslashtirilgan 

nomidir; 

3) termin uchun muayyan ta’rif  zaruriydirki, uning yordamida tegishli 



78

 

 



tushuncha  mazmunini  aniqroq  ifodalash,  tushunchaning  birini  ikkinchisidan  chegaralab 

ajratish  imkonini  beruvchi,  ayni  mahalda  ma’lum  tushunchani  muayyan  tasnifiy  qatorga 

joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin. 

Demak,  terminologiya  muayyan  fanning  tushunchalar  tizimi  bilan  o‘zaro  munosabatda 

bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar 

tizimi  to‘g‘ri  keladi.  Terminologik  tizimlar  fan  taraqqiyoti  bilan  birgalikda  rivojlanib  boradi. 

Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum 

darajada nazorat ostida bo‘ladi.  

Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Respublika  terminologiya  qo‘mitasining  ish 

boshladi,  terminologiya  masalalariga  bag‘ishlab  Respublika  miqyosida  bir  necha  ilmiy-amaliy, 

ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish