Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Umumturkiy  so‘zlar 

o‘zbek  tili  leksikasining  eng  qadimgi  lug‘aviy  birliklari  – 

so‘zlaridirdir.  Ularning  aksariyati  hozirgi  qozoq,  qirg‘iz,  turkman,  ozarbayjon  tillarida  ham 

saqlangan. Qiyos qiling: 



bosh

 (o‘zb.) — 



bas

 (qoz., qoraq.) - bash (qirg‘., turkm.); 



til (

o‘zb., qoz., 

qirg‘.) — 

dil

 (turkm., ozarb., gagauz.); 



tog‘

 (o‘zb.) — 



too

 (qirg‘.) — 



tav, tau

 (qoraq., qoz.) — 



dag‘

 (turkm., ozarb.) kabi. 



Sof  o‘zbek  so‘zlari 

—  o‘zbek  tilining  o‘zida  yasalgan  so‘zlar  -  leksemalar.  Ular  o‘z 

qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari 

bor: 


semantik usul -

 ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi so‘zlarning yuzaga kelishi: 



ko‘k

 

(«rang») — 



ko‘k

 («osmon»), 



yetti

 («son») — 



yetti 

(«ma’raka nomi»), 



yupqa

 (sifat) - 



yupqa

 (ot: 


«ovqatning bir turi») kabi; 

affiksatsiya usuli-

  Bunda  o‘zak  va  affikslar  turli  til  materiallari  bo‘lishi  mumkin,  ammo 

ularning  qo‘shilishi  o‘zbek  tili  tarkibida  yuz  beradi,  o‘zbek  tilining  so‘z  yasash  qoliplariga 

asoslanadi,  shu  sababli  bunday  yasama  so‘zlar  o‘zbek  tilining  o‘z  qatlami  birligi  sanaladi. 

Masalan: 

bosh

  (umumturkiy)+ 



«-la»

  (o‘zb.)  — 



boshla

  (o‘zb.), 



temir

  (umumturkiy)  + 



«-chilik»

 

(o‘zb.) — 



temirchilik

 (o‘zb.) 



Jang

 (f-t.) + 



«-chi»

 (o‘zb.) 



—jangchi

 (o‘zb.), 



madaniyat

 (ar.) + 



«-

li»

  (o‘zb.)  — 



madaniyatli

  (o‘zb.), 



obuna

  (r-b.)  + 



«~chi»

  (o‘zb.)  — 



obunachi 

(o‘zb.), 



axta

 

(mo‘g‘.) + 



«-chi»

 (o‘zb.) — 



axtachi

 (o‘zb.), 



«be-»

 (f-t.) + 



bosh

 (umumturkiy) — 



bebosh

 (o‘zb.) 



«-lik»

 (o‘zb.) — 



beboshlik

 (o‘zb.), 



bil

 (umumturkiy) + 



«-im»

 (o‘zb.) — 



bilim

 (o‘zb.) + 



«-don»

 

(f-t.) — 



bilimdon 

(o‘zb.) kabi. 

Sof  o‘zbek  so‘zlarining  yasovchi  asosi  arabcha  yoki  ruscha-baynalmilal  bo‘lganda, 

yasalmaning  o‘zagi  yoki  asosida  ikki  unli  yonma-yon  kelishi,  so‘z  boshida  ikki-uch  undosh 

qatorlashishi  mumkin: 

maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, 

drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik. 

O‘zlashgan  qatlam 

—  o‘zbek  tili  leksikasining  boshqa  tillardan  o‘zlashtirilgan 

leksemalardan iborat qismi. Masalan: 

maktab, oila

 (ar.), 


daraxt, gul (

f-t.), 


axta, bahodir (

mo‘g‘.), 



afandi

 (turk.), 



ravshan

 (sug‘d.), 



traktor, avtobus

 (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus 

tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

Arab  tilidan  o‘zlashtirilgan  so‘zlar. 

Bunday  so‘zlarning  o‘zlashtirishi  VIII  asrdan 

boshlanib,  IX—X  asrlarda  ancha  faollashgan.  Arab  tilidan  so‘z  o‘zlashtirilishiga  olib  kelgan 

omillar  ichida  quyidagilar  muhirn  rol  o‘ynagan:  a)  arablar  istilosi;  b)  islom  dinining  keng 

tarqalishi; d) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi; e) madrasalarda arab tilining o‘qitilishi; 

turkiy-arab  ikki  tilliligining  (bilingvizmning)  tarkib  topganligi;  g)  olim-u  fuzalolarning 

arab tilida ijod qilganligi va b.lar. 

Hozirgi  o‘zbek  tili  leksikasida  arab  tilidan  o‘zlashtirilgan  leksemalarning  ko‘pchiligi  ot, 

sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar — 

adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif 

ma’naviyat, odam, haqiqat, intizom

 va b.lar; sifatlar — 



adabiy,  aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy

 

va  b.lar;  ravishlar  — 



avval, ba’zan 

kabi.  Bulardan  tashqari,  bog‘lovchilar  (



balki, ammo, lekin, 

va, vaholonki), 

undovlar  (



ajabo, barakalla, salom, xayr

),  modal  so‘zlar  (



albatta, ehtimol, 

avvalo

), yuklamalar 



(faqat

), ko‘makchilar (



binoan)

 ham o‘zlashtirilgan. 

Arab  tilidan  so‘z  o‘zlashtirilishi  o‘tmishda  faol  bo‘lgan,  hozir  esa  bu  jarayon  deyarli 

to‘xtagan.  




48

 

 



Arab  tilidan  o‘zlashtirilgan  so‘zlarga  misol: 

matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir,  e’lon, 

me’mor, ta’lim, e’tibor, san’at,adabiyot, san’at, tabiiy,ilm, muallim, olim, ftkr, tafakkur




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish