Yagona
– yakka, bitta. 1) Yakka-yolg‘iz; birdan-bir, bitta-yu bitta. 2) Boshqa
tengi yo‘q.
Vatan
– tug‘ilib o‘sgan joy, yurt. 1) kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri
yoki qishlog‘i; yurt, diyor. 2) Kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi
hisoblagan mamlakat; ona yurt. 3) Turarjoy, boshpana, maskan, uy. Vatan
so‘zi
asosida tuzilgan so‘zlar.
Vatangado
– Vatandan kechib, qochib, o‘zga ellarda darbadar yuruvchi.
«Vatangado bo‘lguncha kafangado bo‘l»
(maqol);
«Hatto bir siqim tuproq ham
vatangadoning ko‘z yoshi o‘z bag‘riga singishini istamaydi. S. Azimov. Oppoq tong
qo‘shig‘i.
Vatangadolik
– vatangadoga xos hayot, holat, vatangado bo‘lib yashash.
«Vatangadolikning azobi go‘r azobi bilan teng ekan.
(A. Muxtor. Chinor);
Do'stlaringiz bilan baham: |