Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet558/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

SAN’ATKOR 

Konsert  odatdagicha,  «Navbatdagi  nomerimizda,  Kelganlaringga  rahmat,  o‘rtoqlar»  bilan  tamom  bo‘ldi. 

Nomi chiqqan ashulachi san'atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San'atkor tajang edi: tanaffus vaqtida 

zalga  chiqqan  edi,  bir  traktorist  uni  savodsizlikda  aybladi.  Traktorist  tanqid  qilganiga  san'atkor  asti  chiday  olmas 

edi: traktor qayoqda-yu, masalan «chorzarb» qayoqda, traktorist qayoqda-yu, ashulachi qayoqda? 

San'atkor  uyiga  ketgani  izvoshga  o‘tirganida  yana  tutoqib  ketdi:  «hyech  bo‘lmasa  aytadigan  ashulangni 

o‘rgan,  so‘zlarini  to‘g‘ri  ayt»  emish!  Nimasini  bilmayman,  nimasi  to‘g‘ri  emas?  Meni  shu  vaqtgacha  muxbirlar, 

yozuvchilar ham  tanqid qilgan  emas:  formalizm,  naturalizmlardan  o‘tdim—hyech  kim  otvod  bergani  yo‘q. Otvod 

berish qayoqda, hyech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorist tanqid    qilar emish! 

San'atkor izvoshchini xayron qoldirib, o‘zidan-o‘zi g‘uldirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo‘ygan ekan, 

san'atkorning  tomog‘idan  hyech  narsa  o‘tmadi  —  ikki  piyola  choy  ichdi,  xolos.  Unga  turib-turib  nasha  qilar  edi. 




387 

 

«Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa, nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu 



kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Amali traktorist... Obbo!” 

-O‘qishga bordingizmi? — dedi xizmatchiga, qovog‘ini solib. 

-Bordim... - Xizmatchi  ikki      xaftadan beri savod maktabida o‘qir edi. 

- Xizmatchisi    savod maktabida    o‘qiyotgan bir kishini traktorist savodsiz, desa alam qilmaydimi?-dedi san'atkor 

o‘zicha  bo‘g‘ilib,  -«labingdan  bo‘lsa  olsam,  e,  shakarlab»,  deganim  u  kishiga  yoqmapti,  “bo‘lsa”  emas,  “bo‘sa 

emish”  O‘zi  bilmaydi-yu,  menga  o‘rgatganiga  kuyaman!  Senga  o‘xshagan  savodsizlar  «bo‘sa,  bo‘masa»  deydi. 

Artist kulturniy odam-gapni adabiy qilib aytadi — “bo‘lsa, bo‘lmasa» deydi. Pojarni “gugurtni yerga tashlamang” 

dedi, rejissyorimiz esa “gugurtning yerga tashamang” deydi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, 

nima  uchun  pojarni?  Pojarning,  albatta!  Rejissyorimiz  juda  kulturniy  odam?  Odam  degan  mana  shunday  bo‘lsa, 

urishsa  ham  xafa  bo‘lmaydi  kishi  -  ikki  gapning  birida  “ta’bir  joyiz  ko‘rilsa”  deb  turadi.  Bu  traktorist  menga 

shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir marta “ta’bir joyiz ko‘rilsa” demadi. Xizmatchi daftar-qalam    keltirib, 

san'atkorning oldiga qo‘ydi.-“J” ning kattasi qanday yozilar edi. Domlamiz buni ko‘rsatgan edi, esimda qolmapti. 

San'atkorning  jahli  chiqdi:  -Endi  “J”  ga  keldingizmi?  “Barjom”  deganda  yoziladi.  Kechagi  barjom  og‘zi  ochiq    

qolipti,        gazi  chiqqandan  keyin  bir  pulga  qimmat.  Siz  ham  dunyoga  kelib  kulturniy  bo‘lsangiz-chi!?  Burningiz 

terladi, arting ta’bir joyiz ko‘rilsa!                                            

San'atkor o‘rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.                                                                                                             - 

Yotasizmi?  -dedi  xizmatchi  narigi  uydan.    -  Nima  edi?    -“J”ning  kattasini  ko‘rsatib  bermadingiz,  ertaga  domla 

so‘raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?  - Kichigini yozib, qattiqroq o‘qing! 

San'atkor yechinib, ko‘rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o‘chirib chiqdi.    San'atkor ko‘zini yumdi,  ko‘ziga 

g‘ira-shira qorong‘i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko‘rindi.  Bular ichida eng kattasi traktoristning kallasi, u iljayar 

edi. 

- Afting qursin! —dedi san'atkor va narigi yonboshiga ag‘darildi. 



Xayal o‘tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning  uyqusi nechukdir adabiyroq edi. Pluq-qum-prr... Pluq-qum-

prr... 


 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish