Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

   

Topshiriqlar:

  

1. Matndagi ayrim so‘z va so‘z shakllarining me’yoriy variantlarini aniqlang. Qavs ichida 



berilgan til belgilarining asosiy ma’no komponentlariga ko‘ra variant ekanligini asoslang. 

2. Qavs ichida berilgan so‘z variantlarining ma’no farqlanuvchi ottenkalari bor-yo‘qligiga e’tibor 

bering. Agar ular qandaydir jihatidan farqlanadigan ottenkalarga ega bo‘lsalar, ularni 

ko‘rsatuvchi matn tuzing va izohlang. 

Me’yoriy variantlarining kelib chiqish (boshqa tildan o‘tganmi, shu til shevalaridan 

kirganmi yoki shaklning o‘zi yangi ma’no kasb etganmi) yo‘llarini ko‘rsating. 

1- variant 

Iyul  kunlarining  birida  ertalab  choydan  so‘ng  (nonushtadan  so‘ng)  Saidiy  o‘zining  ish 

stoli yonida 

o‘qishga erinib (hushi kelmay) kitob varaqlab o‘tirar edi. Kimdir hansiragan tovush (ovoz) bilan 

derazadan  «Rahimjon»  deb  chaqirdi-da,  to‘xtamay  darvoza  tomonga  o‘tib  ketdi.  Saidiy  irg‘ib 

(sapchib) 

turdi va pardani ko‘tarib qaradi. Chaqirgan kishi (kimsa) darvozadan kirdi. Saidiy uni orqasidan 

ko‘rib qoldi va shu ondayoq (shu lahzada) bu odam (kishi) unutayozgan do‘sti — Ehson ekanini 

bildi-da,  negadir  hammayog‘i  uvishib  (jimirlab)  ketdi.  U  Ehsonning  hozir  kelishini  sira  (hech) 

xohlamas (istamas) edi. Ehsonning kelishi unga universitet (dorilfunun) binosiga rabfak zalidan 

o‘tishdan ham malolliroq bo‘ldi. Hayal (zum) o‘tmay Ehson eshikni ochib kirdi va talay (ancha) 

vaqtgacha  Saidiyni  quchog‘idan  qo‘yib  yubormadi.  Saidiy  Ehsonning  kelganiga  benihoya 

(nihoyatda,  nihoyasiz)  shod  ekanini  ko‘rsatish  uchun  aytgan  hamma  gapi,  har  bir  harakati 

uquvsiz  artist  (san'atkor)  tomonidan  birinchi  (ilk)  martaba  birinchi  repetitsiyada  (mashqda) 

bajarilgan rolday yasama chiqdi. 

(A. Qahhordan) 

2- variant 

Xabaringiz bor (sizga ma’lumki), kamina (men) ko‘p yillar ilmiy ish bilan shug‘ullangan 

bir olim 

sifatida ilm-fan, falsafa (filosofiya) va, ayniqsa, adabiyot va san'atga oid kichikroq bir kutubxona 

(biblioteka)  yig‘ishga  muyassar  bo‘lganman.  Salkam  o‘n  ming  jilddan  (tomdan)  iborat  bu 

kutubxonamni jamoa xo‘jaligiga qarashli o‘rta maktabga in'om (hadya) etganimdan boxabarsiz 

(xabardorsiz).  Bu  maktubni  (xatni)  yo‘llash  (jo‘natish)dan  birinchi  tilagim  maqsadim)  shukim, 

umrim  davomnda  (bo‘yi)  yiqqan  bu  kitobxonam  duch  kelgan  odamga  emas,  kitobning  qadrini 

bilgan, fan va adabiyotga tashna (chanqoq) bir kishiga topshirilsakim (berilsakim), toki bu nodir 

(kamyob) asarlardan o‘sib kelayotgan (o‘spirin) yosh avlod bahramand bo‘lsa. 

( 0. Yoqubovdan) 

3 - variant 

Hammaning diqqati (e’tibori) xatda edi. Ergash konvertga ko‘z yugurtirdi (tashladi)-da, 

pastki  labni  tishlab,  xatni  darrov  (tezda,  birdan)  cho‘ntagiga  (kissasiga)  solib  qo‘ydi.  Tikilib 

(qarab, termulib, 

ko‘z  tikib)  turganlarga  nima  deyishini  bilmay,  quloqlari  qizarib  ketdi.  Soya  qaytganda 

quruvchilar dam olishga (hordiqqa) chiqdilar, yarim kunda titkilab, qiyofasi (ko‘rinishi) o‘zgarib 

ketgan katta (ulkan) maydon tepasida (ustida) chang (to‘zon) bosildi, quruvchilar shovqinsuron 

(g‘ala-g‘ovur)  bilan  chekkaga  chiqib  ariq  bo‘ylariga  (yoqalariga),  daraxt  tagi,  soya-salqin 

joylarga yopiriladilar. Ergash qurilish boshqarmasiga ketdi.  




247 

 

(A. Muxtordan) 



Yo‘q,  birdan  (to‘satdan)  o‘zgardi  hammasi  (barchasi),  birdan!  Go‘yo  u  talay  (ancha) 

muddat—  bir  yilmi,besh  yilmi  g‘aflat  uyqusida  yotdi-yu,  uyg‘onsa  (ko‘z  ochsa  )—  mana  shu 

ahvol!  Go‘yo  uning  bir  yilmi,  besh  yilmi  ko‘zi  ko‘rmay,  qulog‘i  eshitmay  qoldi-yu,  bir  kuni 

tuzalsa (sog‘aysa)— hammasi boshqacha (o‘zgacha)! Odamlar (Kishilar) qandaydir (allaqanday) 

o‘zgarib 

(boshqacha bo‘lib) qolgan, lafzu liboslari antiqa, dunyolari antiqa— tanib (anglab) bo‘lsa, o‘lay 

agar, 

mana jon. 



(Erkin A’zamovdan) 

4 - variant 

Tut pishig‘i. Ariq bo‘yida (labida, yoqasida) burgutday qanot yoygan (yozgan) balx tut 

(marvarid tut), boshini yeyman, deydi. Shapaloqdek yaproqlar (barglar) orasida pilladek-pilladek 

mevalar  tovlanadi  ,Ota  bahavoroq  deb  ana  shu  tut  tagiga  (ostiga),  shohsupaga  joy  qildirdi. 

Supaning  yarmi  (nisbi)  hoziroq  (allaqachon)  odamga  to‘lgan...  Gulmat  ota  to‘rda  o‘tiribdi. 

Egnida  (ustida,  yelkasida)  ko‘k  movut  (sherst)  yaktak,  boshida  nosrang  (moshrang)  taqiya 

do‘ppi. Sarg‘imtil tishlarini yiltiratib, mo‘ylovidan (murtidan) kuladi. Goho «qozon qaynadimi» 

deganday,  o‘choq  tarafga  (tomonga)  qarab  ma’noli  yo‘talib  qo‘yadi.  O‘choq  atrofida  kelini 

Nazokatxon qo‘shni (hamsoya) juvonlar pildirab yurishibdi. Xola Gulmat otaga qaradi, choliga 

ko‘zi tushgach, qo‘lini chulg‘ab (to‘lg‘ab) chaqirdi. Gulmat ota qushday sakrab (irg‘ib) turdi-yu, 

to‘nining (choponining) barini (etagini) hilpiratib, kampiriga ro‘para (to‘g‘ri) bo‘ldi. 

(S. Siyoyevdan) 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish