Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Tayanch so‘z va iboralar: 

nutq odobi, me’yor tushunchasi, gap bo‘laklarining  tartibi, odatdagi 

tartib, o‘zgargan tartib. 

Nutq odobi 

 Nutq  harakatdagi  tildir.  Nutq  tilga  tegishli  birliklarni  ma’lum  vaqt  bo‘lagida  bir-biriga 

qo‘shadi,  harakatga  keltiradi.  Nutq  so‘z  shakllari,  so‘z  birikmalari,  so‘z  tartibi  va  gaplardan 

tashkil topadi. Nutq odobi insonning ma’naviyatini-ma’rifatini  belgilovchi asosiy mezondir.  

           Kishining  odobi,  eng  avvalo,  uning  nutqida  ko‘rinadi.  Nutq  odobi  nima?  Nutq  odobi 

deganda,  aytilishi  zarur  bo‘lgan  xabarlarni,  tinglovchini  hurmat  qilgan  holda,  uning  ko‘ngliga 

mos holda adabiy normadagi ifodalar bilan etkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham 

tinglovchiga  beozor  etkazish  mumkin.  Buning  uchun  so‘zlovchi  tilni,  adabiy  til  normalarini 

mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. 

Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli 

kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna 



244 

 

o‘qituvchi nutqidir. Buni o‘qituvchi har doim o‘zida his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt odob- 



axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.  

             Nutq  odobi  salomlashishdan  boshlanadi.  Salomlashishdagi  xushmuomalalik  undan 

keyingi  yaxshi  suhbatga  debocha  bo‘ladi,  tinglovch  ida  yaxshi  kayfiyat  paydo  qiladi. 

Salomlashishning  ahamiyati  haqida  hindlarda  shunday  naql  bor:  «Bitta  salom  bilan  beshta 

narsaga - o‘zini yengil sezish, shon - shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq 

umr ko‘rishga erishiladi».  

             Xalq  tilida  salomlashish  uchun  ham,  xayrlashish  uchun  ham  alohida  nutqiy  vositalar 

mavjud.  O‘qituvchi  ularni  o‘z  o‘rnida  ishlatishda  hamma  uchun  va  o‘z  shogirdlari  uchun 

o‘rnakdir.  

           Madaniyatli  kishi  o‘z  aybini  bo‘yniga  ola  bilishi,  aybi  uchun  kechirim  so‘rashni  ham 

bilishi  lozim.  O‘z  aybi  uchun  uzr  so‘rash  o‘z  g‘ururini  erga  urish  emas,  balki  odoblilik, 

xushmuomalalik alomatidir. 

           Yetuk  kishiga  xos  fazilatlardan  yana  biri  xayrlashuv  odobidir.  Tilimizda  xayrlashganda 

ishlatiladigan «xayr sog‘ bo‘ling», «xayr, ko‘rishguncha», «xayr, omonlikda ko‘rishaylik» kabi 

ta’sirchan iboralar mavjud. 

            Bolaga  yaxshilik  qilgan,  aytilgan  yumushni,  iltimosni  bajargan  kishilarga  o‘z  vaqtida 

minnatdorchilik  bildirish  odobini  ham  o‘rgatib  borish  lozim.  Tilimizda  rag‘batlantirishni, 

minnatdorchilikni  anglatadigan  chiroyli  ifodalar  bor.  Ularni  kundalik  muomalaga  kiritish,  o‘z 

o‘rnida  ishlatish  kishi  xulqini  naqadar  bezaydi.  O‘qituvchi  topshiriqni  yaxshi  o‘tagan 

o‘quvchilarni «ofarin», «barakalla», «rahmat», «tangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so‘zlar 

bilan rag‘batlantirishi mumkin. «Har bir kishining madaniylik darajasi,  o‘qib qanchalik tarbiya 

ko‘rganligi uning yozma va og‘zaki nutqidan bilinadi» 

           Til  dunyoni  bilish,  bilimlarni  to‘plash,  saqlash,  keyingi  avlodlarga  etkazish,  ruhiy 

munosabatlarni  aks  ettirish,  go‘zallik  kategoriyalarini  voqyelantirish  kabi  qator    vazifalarni 

bajarishiga qaramasdan, asosiy e’tibor uning kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir.   

            Nutq  madaniyati  jamiyat  madaniy-ma’rifiy  taraqqiyotining,  millat  ma’naviy 

kamolotining  muhim  belgisidir.  Tom  ma’nodagi  madaniy  kamolotning  muhim  belgisidir. 

Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining muhim jihatlaridan biridir. 

Shuning  uchun  ham  mamlakatimizda  ma’naviy-marifiy  islohotlar  har  qachongidan  ham 

dolzarblik kasb etadi.  

          Respublikamizning  «Davlat  tili  haqida»gi,  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonunlarida,  «Kadrlar 

tayyorlash  bo‘yicha  milliy  dasturi»  va  boshqa  juda  ko‘plab  hujjatlarida  ma’naviy-ma’rifiy 

tarbiyaga, til masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday 

mutaxassis  zamon  bilan  hamqadam  bo‘lishi,  eng  avvalo,  o‘z  ona  tilining  sadoqatli  sohibi 

bo‘lmog‘i lozim.                   Til jamiyat bilan, uning ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati bilan 

birgalikda yuksaladi. 

Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam har qanday 

kadr, eng avvalo, o‘z ona tilining sadoqatli sohibi bo‘lmog‘i lozim. Ona tiliga chinakam sohib 

bo‘lmoqning  bosh  sharti  esa  uning  tuganmas  imkoniyatlarini  tugal  egallamoq,  ya’ni  fikrni 

mustaqil,  ravon,  go‘zal  va  lo‘nda  ifoda  eta  olmoqdan  iborat  nutqiy  madaniyat  malakalarini 

shakllantirmoqdir.  Zotan,  nutq  madaniyati  tildan  bemalol  va  maqsadga  o‘ta  muvofiq  tarzda 

foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. 

Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha  sanaladi: 

 



Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish. 

 



Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir. 

 



Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir. 

 



Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi. 

 



So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur. 

 



So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak. 


245 

 



 

Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish. 

 

Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish. 



 

Ezgu so‘zli bo‘lish lozim. 



 

Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak. 



 

Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik. 



 

So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik. 



 

Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik. 



 

Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.



 

Savollarga javob bering: 

1. Til qanday hodisa? 

2. A lisher Navoiy til va nutqni qanday ta’riflaydi? 

3. Nutq odobi deganda nimani tushnasiz? 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish