Garri Vasilyuk ixtirochi va muhandis edi. Bir kuni unga shahar hokimiyatidagilar
murojaat qilishib, axlat tashiydigan mashinalarga axlat yuklanayotgan paytda ular sochilib
ketmasligi uchun biror narsa o‘ylab topishini so‘rashdi. U uzoq vaqt changyutgichga o‘xshash
uskuna ustida bosh qotirib yurgan paytda tasodifan boshqa qarorga keldi. Uyidagilardan
kimdir bir kuni «Axlat solgani xaltachatopolmayapman” deb qoldi. Vasilyuk shu zahoti axlat
uchun bir marta ishlatiladigan qopcha kerakligini va uni polietilendan tayyorlash lozimligini
angladi. Axlat uchun mo‘ljallangan dastlabki plastik qoplar Vinnipeg shahri kasalxonasida
155
sinab ko‘rildi. 1960 yildan esa aholi uchun ham axlat solinadigan xaltalar ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: