Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


So‘zlashuv uslubi va adabiy til  uslubi farqlari



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

So‘zlashuv uslubi va adabiy til  uslubi farqlari

 

So‘zlashuv uslubi

 –kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida 

til  birliklarining  o‘ziga  xos  tarzda  amal  qilishidir.  Uni  ma’lum  ma’noda  tildagi  boshqa 

uslublarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin.  

Bu  uslubning  o‘ziga  xos  xususiyati  nutq  jarayonida  til  va  tildan  tashqari  omillarning 

uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. Ayni paytda bu holat so‘zlashuv uslubidagi me’yoriy holatlarni 

belgilashni  qiyinlashtiradi.  Chunki  tildan  foydalanuvchining  shaxsi,  buning  ustiga,  nutqiy 

vaziyat yagona bir me’yorni tayin etishga imkon bermaydi. 

Shunday  bo‘lsa-da,  so‘zlashuv  uslubining  o‘ziga  xos  me’yorlari  haqida  mulohaza 

yuritish  uchun  ham  tilimizda  dalillar  yetarli.  Ammo  nima  bo‘lganda  ham  bu  me’yorlarni 

so‘zlashuv  uslubi  uchun  muhim  bo‘lgan  til  va  tildan  tashqari  omillarning  uyg‘unligidan 

axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi. 

So‘zlashuv uslubi qanday o‘ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda 

bo‘ladi.  Lekin  bunday  holatda  ham  tinglovchiga  fikr  tushunarli  bo‘ladi.  Chunki  u  oldin 

aytilgan  fikrning  mantiqiy  davomi  bo‘ladi.  Ikkinchidan,  so‘zlashuv  nutqida  til  birliklari 

o‘zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan,  ulguramizmi?  degan 

savolga  yo‘q,  ulgurmaymiz    deyishdan  ko‘ra  vaziyatdan  kelib  chiqib,  ulgurib  bo‘pmiz, 

ulgurish  qayoqda,  ulgurib  ham  bo‘ldik    singari  javoblar  birmuncha  tabiiy  va  ekspressivroq 

bo‘lib chiqadi. 

Uchinchidan,  bu  uslubda  ohang  -  intonasiyaning  ahamiyati  nihoyatda  kattadir. 

So‘zlashuv  uslubi  ham  boshqa  vazifaviy  uslublar  kabi  fonetik,  leksik,  grammatik  o‘ziga 

xosliklarga ega. 

So‘zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, 

vaalaykum assalom, xayr, ha, yo‘q, albatta, aha, xo‘p singari so‘zlar nutqda ko‘p ishlatiladi.

 

Rivojlangan  har  qanday  til,  shu  jumladan  hozirgi  o‘zbek  tili  ikki  asosiy  funksional 



turga:  adabiy  til  va  jonli  so‘zlashuv  tiliga  bo‘linadi.  Har  bir  muayyan  tilning  sohibi, 

tashuvchilari  bo‘lgan  elat  (xalq)  yoki  millatning  vakillari  tomonidan  jonli  so‘zlashuv  tili 

bolalikdan  boshlab  egallanadi.  Adabiy  til,  uning  me’yorlari  va  qonuniyatlari  esa  balog‘atga 

yetgan,  kamolatga  erishgan  shaxs  tomonidan  shakllanish  jarayonida  o‘rganib,  o‘zlashtirib 

olinadi. Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq va muayyan bir tizimda 

har  bir  davrning  tiliga  xos  me’yor,  tartib-qoidalarni  ifodalaydi.  Milliy  adabiy  tilning  eng 

muhim va asosiy belgi uning muayyan bir me’yorga, , tartib-qoidalarga solinganligidir. 

      Adabiy  til  leksikada  ham,  fonetika  va  grammatik  qurilish  sohasida  ham  o‘z 

me’yorlari, qoidalari bilan ajralib turadi. Bu me’yorlar grammatika darsliklari, qo‘llanmalari 

va  barcha  xil  lug‘atlarda  belgilab  qo‘yilgan.  Bu  me’yorlar  shu  tilda  so‘zlashuvchi  barcha 

kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi. Umumxalq- tilining qayta ishlanishi negizida 

shakllanib,  mahalliy  dialektlarning  umumiy  zaruriy  xususiyatlarini  o‘ziga  singdira  borgan 

adabiy til ayni zamonda umumxalq tilining turli ko‘rinishlaridan—jonli so‘zlashuv nutqidan 

ham,  mahalliy  shevalardan  ham,  jargonlardan  ham  farq  qiladi.      Adabiy  tilning  muayyan 

me’yorga  solinganligi  shundan  iboratki,  uning  lug‘at  tarkibi  ma’lum  tartibga  keltirilgan 

bo‘ladi,  so‘zlarning  ma’nosi  va  ishlatilishi,  talaffuzi  va  yozilishi  hamda  grammatik  shakllar 

yasalishi  yagona,  mushtarak  qoidaga  bo‘ysunadi.  Adabiy  me’yor  tarixiy  toifa 

(kategoriya)hisoblanadi.  

Adabiy tilning ikki turi — og‘zaki va yozma turi mavjud.  Bu shakllar idrok etishning 

ikki  turi,  ya’ni  ko‘ruv  va  eshituv  uchun  mo‘ljallanganligi  sababli  o‘ziga  xos  bir  qancha 




141 

 

xususiyatlarga egadir Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga — og‘zaki va 



yozmaga  ajratishda  qat'iy  chegara  yo‘q.  Shunga  qaramay,  bu  shakllarning  o‘ziga  xos  ayrim 

xususiyatlarini  ko‘rsatish  mumkin.  Jumladan,  adabiy  tilning  og‘zaki  shaklida  ot  va  sifat 

turkumlariga  xos  his-tuyg‘u,  ta’sirchanlikni  ifodalovchi  shakllar  (bolakay,  qizgina,  erkatoy, 

kichkintoy,  kichkina,  kattakon);  takror,  davomiylik,  kuchaytirish  ma’nolarini  ifodalovchi 

fe’lning tahliliy shakllari (ataylab, oshirib yubormoq, kelib qolmoq, turtkilab qo‘ymoq, o‘qib 

chiqmoq)  hamda  yozma  adabiy  shaklga  xos  ot  va  sifat  turkumlaridagi  tahliliy  shakllar 

(sezgirlik  bilan,  telefon  orqali,  tezkorlik  asosida,  nihoyatda  ko‘rkam,  g‘oyat  baland);  -lik,  -

chilik,  -lashtirish  kabi  affikslar  yordamida  yasalgan  so‘zlar  (o‘qituvchilik,  dehqonchilik, 

parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 

Adabiy  tilda  sintaqtik  qurilish  jihatidan  ham  ikki  shaklga  xos  xususiyatlarni  ko‘rish 

mumkin. Ko‘pincha sodda gaplarni, ayniqsa to‘liqsiz gaplarning qisman bog‘langan qo‘shma 

gaplarni ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Bu vaqtda ohang, to‘xtam, 

imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol o‘ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik 

qurilishi  esa  o‘zining  ancha  murakkabligi  bilan  ajralib  turadi.  Unda  ergash  gapli  qo‘shma 

gaplar,  kirish  so‘z  va  iboralar,  murakkab  qurilishli  sodda  gaplar,  ajratilgan  va  uyushiq 

bo‘laklar, murakkab qo‘shma gaplar ancha keng ishlatiladi.  

Adabiy tilning og‘zaki shakli ma’ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va 

adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. 




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish