Vaziyatli masalalar:1
Zavodning kechasi tozalanmagan ventilyasion hovoni atmosferaga chiqarishi aniqlangan. Mehnat gigienasi vrachi qanday yo‘l tutishi kerak:
prokuraturaga materialni taqdim etish*
Vaziyatli masalalar:2
12 ta xar xil ishlayotgan sexda birinchi smenada umumiy shovkin darajasi tekshirildi. O‘lchovlarning to‘g‘riligiga baho bering.
-noto‘g‘ri, har qaysi ishchi joyida umumiy xarakteristika kerak*
Vaziyatli masalalar:3
50 ta o‘rnatilgan stanoklarda 20 tasi ishlayotgan tikuvchilik sexida shovqin darajasi tekshirildi. O‘lchovlar to‘g‘ri o‘tkazilganligiga baho bering.
-noto‘g‘ri, tekshirish o‘tkazilganda, uskunalarning 2/3 dan kam bo‘lmagan qismi ishchi holatida bo‘lishi kerak*
Vaziyatli masalalar:4
Shovqin ish faoliyatining qaysi me'yori bilan baholanadi va kaysi RED bilan solishtiriladi.
-ish og‘irligi va kuchlanish darajasi, optimal*
Vaziyatli masalalar:5
Tikuvchilik sexida qaysi omil yetakchi hisoblanadi va yondosh omillarga qaysilar kiradi
-shovqin, tebranish, yuqori namlik*
Vaziyatli masalalar:6
Mexanik sexining ishchilari eshitish va tebranishning sezuvchanligini pasayishi aniqlandi. Bunda qaysi asboblardan foydalanilgan.
-vibrotestor*
Мавзу: KORXONA QURISH UCHUN MAYDON TANLASH
O‘zbekiston Respublikasida turar joylami qurish va loyihalash O‘zR 004- 93 raqamli sanitariya qonun va me’yorlariga asosan olib boriladi.
Turar joy uchun ajratilgan maydonlar hududi shunday taqsimlansinki, uning beshdan bir yoki to‘rtdan bir qismigagina binolar quriladi, qolganlari daraxtzor xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, dam olish joylari uchun ajratiladi. Suv ta’minoti va chiqindilami yo‘qotish masalalarini oqilona hal qilish lozim. Turar joy, jamoat binolari va rasmiy idoralar alohida kvartallarga bo’linadi, Aholi yashaydigan joy markazlari, kvartallari ko'kalamzorlashtirilishi, ko‘cha yuziga bir qator qilib qurilishi gigiyenik jihatdan afzal hisoblanadi.
Bizning mamlakatimizdagi amaldagi qurilish me’yorlariga binoan kvartalni qurish zichligi 28% dan, turar joy maydoni esa gektariga 5500 m dan oshmasligi kerak. Ko‘chalar turar joy maydoni yuzasining 25% gacha qismini egallaydi. Turar joyning insolyatsiyasi va ayeratsiyasi yaxshi bo‘lishi uchun ko'chalami о rta kengliklarda meridianal yo‘nalishda, janubiy kengliklarda hukmron shamollar chizig‘i bo‘ylab ochish kerak. Ko‘chalaming kengligi unda qurilgan uylaming ikki baravar balandligidan kam boMmasligi gigiyenik me’yorga mos tushadi. Tosh yo‘l, klinker, asfalt keng tarqalgan va takomillashgan qoplamalar qatoriga kiradi.
Zamonaviy shaharlarda transportlar shovqinini kamaytirish uchun turar joy mavzelarining asosiy ko‘chalari, shox ko‘chalar transport oqimidan ajratilib, kam-shovqin transport turlaridan (trolleybuslar, avtobuslar) foydalaniladi. Ma’muriy-tashkiliy tadbirlar ham o‘tkaziladi: shaharga aloqasi yo‘q transport shahar atrofidagi aylanma yo’llar orqali yuradi, ortiqcha signallar man qilinadi, transport vositalari texnik jihatdan nazorat qilib turiladi. Avval qayd qilganimizdek, ko‘kalamzorlashtirish shovqinga qarshi kurash sohasidagi samarali tadbirlardan hisoblanadi.
O‘zbekistonda umumiy o‘rmonlar sathi 2,5 mln. gektami tashkil qiladi. Toshkent shahrida har bir yashovchiga 43 m2 dan ko‘p ko'kalamzorlashtirilgan maydon to‘g‘ri keladi. Yosh terak nihollarini bir gektar yerga 400 tagacha ekilsa, vegetatsiya davrida 340 kg gacha changni tutib qolish qobiliyatiga ega, shu bilan bir qatorda o‘ziga ta’sir qilmagan holda bir qancha kimyoviy birikmalami yutadi.
Shahar aholisining har biriga 12-15 m2 ko‘kalamzorlashtirilgan maydon to‘g‘ri kelishi lozim. Bitta terak bir yilda 44 kg karbonat angidridni o‘zlashtiradi. Daraxtlar havoni uchuvchi birikmalar - fitonsidlar bilan ham boyitadi.
Shaharlar, turar joylar, sanatoriy, dam olish uylari, shifoxonalami ko‘kalamzorlashtirish maqsadida qanday daraxtlar ekish kerakligini, chiqaradigan uchuvchi fitontsidlar hamda ulaming nafas olish a’zolariga, yurak qon-tomir va asab sistemasiga ta’sirini hisobga olmoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |