Suvni vodorod-natriy-kationitli yumshatishining parallel, ketma-ket va birgalikdashi sxemasi. 1, 11 – dastlabki suvni keltirish va yumshatilgan suvni olib ketish; 2 – tuz aralashtirgich; 3 – natriy-kationitli filtrlarning guruhi; 4 – yumshatish baki; 5 – gazdan tozalovchi; 6 – yumshatilgan suv uchun idish; 7 – ventilyator; 8 – vodorod-kationitli filtrlar guruhi; 9 – kislota eritmasini saqlash uchun bak; 10 – nasos; 12 – vodorod-natriy-kationitli filtr. H – kationitli filtrlarda tozalanayotgan suvda Ca yoki Mg kationlari paydo bo'lishi bilan regenerasiya qilish uchun to'xtatiladi. H – kationitli filtrlarning ishchi ion almashtirish qobiliyatini tiklash uchun reagent sifatida H2SO4 yoki HCl kislotalarining eritmalari ishlatiladi. Regenerasiya jarayoni Na – kationitli filtrlardagi kabi amalga oshiriladi.
R2]Ca+H2SO4=2R]H+CaSO4 R2]Mg+H2SO4=2R]H+MgSO4 2R]Na+H2SO4=2R]H+Na2SO4 Reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan CaSO4 suvda kam eruvchi birikma bo'lganligi uchun regenerasiya jarayonida kationit donachalari orasida qattiq holatdagi kristall birikmalar hosil qiladi, bu kationitlarning “jipslanish holati” deyiladi.
N-kationitli filtr. a – I pog'ona N-kationit filtr; b – II va III pog'ona N-kationit filtr; 1 – qayta ishlanadigan suvni kirishi; 2 – qayta ishlanadigan suvni chiqishi; 3 – yumshatilgan suvni kirishi; 4 – yumshatilgan suvni tushirish; 5 – filtrlangan suvni bir qismini tushirish; 6 – ketma-ket regenerasiyalash uchun regenerasiyalovchi eritmani kiritish; 7 – oddiy regenerasiya qilishda regenerasiyalovchi eritmani kiritish; 8 – sarf o'lchovchi shayba; 9 – suvni kirishdagi bosimini o'lchovchi manometr; 10 – suvni chiqishdagi bosimini o'lchash uchun manometr; 11 – havo chiqaruvchi quvur; 12 – yuqori tuynuk; 13 – pastki tuynuk; 14 – suvni qayta yuklash uchun tuynuk; 15 – kationit; 16 – yuqori qismdagi taqismlovchi qurilma; 17 – sizdirish qurilmasi. Bu holat filtrlarning samarali ishlashiga salbiy ta'sir qiladi. Buning oldinigi oligsh uchun H – kationitli filtrlar ikki bosqichda regenerasiya qilinadi. Birinchi bosqichda 1% H2SO4 eritmasi regenerasiya qilinib, bunda Ca va Mg kationlarining asosiy 5-6% H2SO4 eritmasi bilan to'liq regenerasiya qilinib, ishga tushiriladi. Regenerasiya uchun HCl kislota eritmasi ham ishlatiladi. Bunda regenerasiya natijasida zararli birikmalar hosil bo'lmaydi. Ammo HCl kislotasi, uchuvchan va o'tkir xidli bo'lgani uchun keng qo'lamda ishlatilmaydi.