Anionit filtrlar samaradorligini oshirish omillari Kuchli kislota anionlarining kuchsiz asosli anionitlarga yutilishi barcha anionlar uchun bir xil tezlikda bo‟lmay ular orasida quyidagi SO4>Cl>NO3 qonuniyat mavjud. Bu qatordagi har bir oldingi anion o‟zidan keyin turgan anionni anionitdan siqib chiqarish qobiliyatiga ega. Tabiiy suvlarda NO3 ionlar miqdori kam bo‟lganligi uchun birirnchi pog‟onali anionitli filtrlarga Cl ionlari o‟tishi boshlanishi bilan regeneratsiya qilishi uchun to‟xtatiladi.
Yuqori quvvatli elektr stantsiyalarida suvni kremniy birikmalaridan tozalashda kuchli asosli ikkinchi pog‟onali А2 anionitli filtrlar ishlatiladi. Kuchli asosli anionitlar suvni kuchli hamda kuchsiz kislota anionlaridan tozalash qobiliyatiga ega bo‟lsada, lekin ular kuchsiz asosli anionitlarga murakkab bo‟lgani faqat ikkinchi pog‟onali anionit А2 filtrlarda va aralash ionitli filtrlarda ishlatiladi. Suv tozalash qurilmalaridan ikkinchi pog‟onali А2 filtrlar ikkinchi pog‟onali Н2 – kationitli filtrlardan keyin o‟rnatilishi sababli А2 – filtriga suv tarkibidagi barcha kationlardan va kuchli kislota anionlaridan tozalangan bo‟ladi. Shuning uchun kuchli asosli А2 anionit filtrlar suvni kremniy birikmalaridan tozalovchi filtr hisoblanadi. А2 – filtridan o‟tayotgan suv tarkibidagi kremniy. ionlarining anionit tarkibidagi ОН – anionlari bilan almashishish quyidagi reaktsiya natijasida sodir bo’lib,
R/OH+H2SiO3=R/HSiO3+OH- Filtrlar tarkibidagi kremniy birikmalarining kontsentratsiyasi litriga 20 mkg. gacha kamayadi.
Suvni kremniysizlantirish jarayonida uning kontsentratsiyasi qanchalik kamayishi, kremniy birikmalarining qanday holatda bo‟lishiga hamda tozalanayotgan suv tarkibidagi Na+, , Cl, ionlarining ko‟p yoki kamligiga bog‟liq bo‟ladi. 24 SO 3 NO
Agar anionit filtrga yuborilayotgan suv tarkibida Na+ kationi qancha ko‟p bo‟lsa, suvni kremniysizlantirish darajasi ham shuncha kichik bo‟ladi. Shu sababli, kuchli asosli ionitlar yordamida suvni kremniy birikmalaridan tozalash uchun kuchli asosli anionitli A2 filtrlarda yuborilayotgan suv avval tarkibidagi kationlardan, kuchli kislota anionlaridan yuqori darajada tozalangan bo‟lishi kerak. Tajribalar shuni ko‟rsatdiki tuzsizlantirilayotgan suv tarkibida kuchli kislota anionlarining miqdori ortib borishi bilan anionitning kremniysizlantirish hajmi kamayib, regeneratsiya uchun ishlatiladigan NaOH ning solishtirma hajmi ortib borar ekan.