Tashqi siklonli ikki pog'onali bug'latish sxemasi:
1 – ta'minot suvi; 2 – bug'; 3 – birinchi pog'ona (qozonning yuqorigi barabani); 4 – ikkinchi pog'ona (tashqi siklon); 5 – yuvish.
Lekin 300-500mvt li turbina agregati qismlarida bir necha kg qatlamlar xosil bo'lishi pog'onalardagi bosim farqini oshirib, kuraklarda g'adir – budirliklar xosil qilishi kanallarning torayishi oqibatida issiqlik oqimining notekis taqsimlanishi turbinaning iqtisodiy ko'rsatgichlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Turbina qismlarida turbina agregatini yuvib tozalashlari orsida xosil bo'lgan,uning F.I.Kti va quvvatiga ta'sir qilmaydigan qatlamlar miqdori turbinaning tuz sig'imi deb ataladi.
Misol uchun 200 mvt li turbinaning tuz sig'imi taxminan 5 kg tashkil qiladi turli xil turbina agregatlari ishlash jarayonlarida kuzatilib turbina agregatining ko'rsatgichlariga kam ta'sir qiladigan qizigan bug' tarkibidagi ba'zi birikmalarning ruxsat berilgan meyyorliri belgilab berilgan.
Bu turbina agregatini kirayotgan qizigan bug' bosimiga bog'liq bo'lib KES IES larda bir- biridan farq qiladi. Masalan 100 kgk/sm2 bosimda bo'lgan bug'lar uchun Na birikmalari 10mgk/kg, kremniy kislotasining miqdori 20mkg/kg qilib belgilangan.
Bug' qizdirgichlarining ichki yuzalarida xosil bo'lgan tuzli qatlamlar ularning kondensat yoki 75-80°S xaroratdagi ta'minot suvi bilan yuvib tozalanadi.suvda erimaydigan qatlamlar esa kislota eritmasi bilan tozalanadi.Turbina agregatida suvda eriydigan qatlamlardan tozalash uchun davriy ravishda nam xolatdagi bug' qo'llaniladi.Bu bug' bilan yuvish agregati erkin ishlaganda ishlayotgan yoki to‟xtab turganda amalga oshiriladi.Namligi 2-3 %bug' bilan turbina qismlari yuvilganda undagi suvda eriydigan qatlamlar to'liq chiqib ketadi.Lekin turbina kuraklaridagi temir va mis oksidli qatlamlar suvda erimaganligi uchun ularni tozalashga reagentli eritmalar ishlatilishi .Yuvishning usuli turbina erkin ishlab turganda,rotorning aylanishi 800 dan 1000 ayl/min tezlikda bo'lganda qizigan bug'ga kodensat sepilib uni to'yingan bug'ga aylantirilib shu bug' bilan yuviladi kondensatni bug'ga aralashtirishda extiyot bo'linadi chunki qizigan bug' xarorati tushib rotor va boshqa detallarning sovishiga yo'l quymaslik kerak har minutiga 1-1.5°S ga pasayib boriladi 10-15 minut davomida suvda eriydigan qatlamlar yuvilib tushadi yuvishdan so'ng bug' xarorati, sepilayotgan kondensat miqdorini kamaytirib,oshirib boriladi bu ham minutiga 2°S dan oshmasligi kerak.Yuvish vaqti turbinadan
chiqayotgan kondensat tarkibidagi tuz miqdori kondensat qo'shib yuvayotgan bug' miqdoriga tuz miqdoriga tenglashguncha davom etadi.Bu jarayon yuqori bosimli turbina agregatlariga 10-15 soat davom etadi yuqori bosimli silindrda yuvib tushirilgan qatlamlar to'liq oraliq qizdirgichlarda o'tadi.Shuning uchun turbina yuvilgandan keyin qozon agregatiga to'xtalib qizdirgichlar yuvib tozalanadi qolgan silindrlardagi qatlamlar suv va bug' yo'llaridan chiqarib tashlanadi.Turbina qismlaridagi suvda erimaydigan qatlamlarni ishqorli reagentlar bilan yuvishda agregat erkin ishlab turganda yoki ishlab turganda amalga oshiriladi.Buning uchun turbinaga 7-10 % li NaOH eritmasi aralashtirilgan to'yingan bug' yuboriladi ishqor bilan ifloslangan bug' kondensator orqali chiqarilib yuboriladi.Keyin turbina qismlari nam bug' yoki kondensat bilan ishqor qoldiqlaridan yuvib tashlanadi.Turbina kuraklaridagi temir va mis oksidli qatlamlardan tozalashda gidrozin sulfat va limon kislotalari ammoniy karbonatning eritmalari ishlatiladi .Turbina agregati qismlarini suv va kimyoviy reagentlar bilan yuvish yaxshi samara bermaganda ular mexanik usullar bilan tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |