1-rasm. KES traktida suv aylanishining prinsipial sxemasi.
1–qozon qurilmasi, bug' generatori; 2–kondensasion turbina; 3-elektrogenerator; 4–suv tayyorlash qurilmasi; 5–turbina kondensatori; 6–kondensat nasosi; 7–blok tuzsizlantirish qurilmasi; 8–past bosimli qizdirgich; 9–deaerator; 10-ta'minot nasosi; 11–yuqori bosimli qizdirgich.
2 – rasm. IEM siklida suv aylanishining prinsipial sxemasi:
1 – qozon; 2 – ishlab chiqarish va teplofikasiyaga bug' olinmali turbina; 3 – elektr generatori; 4 – kondensator; 5 – kondensat nasosi; 6 – ishlab chiqarishdan qaytgan kondensatni tozalash qurilmasi; 7 – deaerator; 8 – ta'minot nasosi; 9 – qo'shimcha suv qizdirgichi; 10 – suv tayyorlash qurilmasi; 11 – qaytgan kondensat nasoslari; 12 – qaytgan kondensat baklari; 13 – teplofikasion bug' iste'molchisi; 14 – ishlab chiqarishli bug' iste'molchisi.
Suv sarfi stantsiyadagi bloklar soni va quvvatiga, hamda qanday yoqilg‟i ishlatilishiga bog‟liq bo‟ladi. Respublikamizda 160, 200, 300, 800 MVt issiqlik elektr stantsiyalari mavjud. Issiqlik elektr stantsiyalarining ishonchli va samaradorli ishlashi ishlatilayotgan suv va bug‟ning kimyoviy tarkibiga va sifat ko‟rsatkichlariga bog‟liq. Ma„lumki, suv yaxshi erituvchi modda bo‟lganligi sababli, tarkibida turli xil erigan, erimagan moddalar har xil miqdorda bo‟ladi. Suv tarkibida har xil kimyoviy moddalar ko‟p bo‟lsa issiqlik o‟tkazuvchi yuzalarda shuncha ko‟p zang va qo‟yqa qatlamlar hosil bo‟ladi.
Quvur devorlarida hosil bo‟lgan qatlamlarning issiqlik o‟tkazuvchanligi metallnikiga nisbatan kichik bo‟lganligi natijasida:
1. Quvurlar yuzasi torayib, issiqlik o‟tkazuvchanlik xususiyati va chidamliligi pasayadi.
2. Bug‟ qozonining bug‟ ishlab chiqarish quvvati kamayib, yoqilg‟i ortiqcha miqdorda sarflanadi.
Agar qozon suvida har xil kremniy birikmalari va metall oksidlarining kontsentratsiyasi me„yoridan ortiq bo‟lsa, bug‟ qozonida bug‟ olish jarayonida bu moddalarning bug‟ fazasiga o‟tishi ko‟payib, turbina kuraklari va devorlarida zang va qatlamlar hosil qilib, bu turbina quvvatining keskin kamayishiga va turbina parraklarining tez ishdan chiqishiga sabab bo‟ladi.
Issiqlik elektr stantsiyalarini sifatli suv bilan ta„minlashning asosiy vazifalari:
a) bug‟ hosil qiluvchi va qizdirilayotgan yuzalarda Kalsiy va magniy birikmalari, temir oksidlari turbina kuraklarida mis, kremniy birikmalarining qatlamlari hosil bo‟lishini kamaytirish;
b) bug‟ va suv bilan muloqatda bo‟ladigan asosiy va qo‟shimcha uskunalarning hamda issiqlik tarmoqlarining zanglashiga yo‟l qo‟ymaslik.
Suv tayyorlash jarayonida quyidagi talablar bajarilishi zarur:
a) kam harajat sarflab, suv va kondensatni ishlatish me„yorlari talabida tozalash;
b) suv tayyorlash jarayonida oqava suvlarning suv havzalariga qo‟shilishiga yo‟l quymaslik;
v) zamonaviy va arzon uskunalardan foydalanib suv tayyorlash qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta„minlash.
Issiqlik elektr stantsiyalarida suv quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
a) bug‟ qozonida va boshqa moslamalarda bug‟ olish uchun;
b) ishlatilgan bug‟ni turbina kondensatorida sovutish;
v) issiq suv ta„minoti, issiqlik tarmoqlarida issiqlik tashuvchi sifatida;
g) issiqlik elektr stantsiyasi sexlarida amalga oshiriladigan ishlarni suv bilan taminlashda.
Do'stlaringiz bilan baham: |