Erituvchi muhitida polimerlanish ikki xil bo‘ladi. Birinchi usulda olingan erituvchida monomer ham va hosil bo‘ladigan polimer ham yaxshi eriydi (lok usuli).
Ikkinchi usulda, olingan erituvchida monomer eriydi, ammo hosil bo‘lgan polimer erimaydi va, natijada, polimer cho‘kmaga tushadi.
Erituvchi muhitida olib boriladigan polimerlanish jarayonida haroratni rostlash imkoniyati bor. SHunday bo‘lsa ham, amalda bu usul unchalik ko‘p ishlatilmaydi, chunki birinchidan, bunda erituvchi molekulalari reaksiyada qatnashib, zanjirning tez uzilshiga yoki aktiv markazni uzatilishiga olib keladi. Natijada hosil bo‘lgan polimerning o‘rtacha molekula massasi kamayadi. Ikkinchidan, hosil bo‘lgan polimer tarkibidan erituvchi moddani yo‘qotish ancha qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |