3. Plastmassalarning past haroratlarga chidamliligini
egilish deformatsiyasi orqali sinash
Bu usul bilan poleolefinlardan olingan plyonkalar, PVX smolasi asosida tayyorlangan
yumshoq materiallar sinaladi.
Plastmassalarning past haroratga chidamliligini egilish orqali sinashda ichida suyuqligi
bo‘lgan va issiqlikdan izolyasiya qilingan rezervuardan foydalaniladi.
Namunalar ma’lum haroratli sovutgich suyuqlik ichida aniq bir vaqt ushlab turiladi va
ularning holati, ya’ni sinash o‘tkazilayotgan namunalar sirtiga biror mexanik shikastlanish ro‘y
bergan yoki bermaganligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |