150
4 §
. Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati
Aloqa yerlari deganda aloqa liniyalarini ham da ularga tegishli inshootlarni
joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televidenie va axborot korxonalari,
muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi.
Aloqa va elekr o‘zatish liniyalari yerlari tayanch makoni sifatida
foydalaniladi. Ular xavo liniyalari, yer osti kabel liniyalari, zarur xizmat binolari
va qurilmalari (podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar, kabel budkalari va shunga
o‘xshashlar) tayanchi sifatida ajratilgan yer uchastkalari qismlari bo‘lib, ichki
tuzilishga ega bo‘ladi. Aloqa liniyalari, elektr o‘zatuvchi, xavo va kabel liniyalari
uchun yer polosalari, vaqtnchalik qurilmalar, qurilish montaj mexanizmlarini
joylashtirish, qurilma va matyeriallarni tashish va saqlash uchun yer uchastkalari
qurilish davrida qisqa muddatli foydalanish uchun zarur bo‘ladi. Shu turdagi
yerdan foydalanishga nisbatan Yer qonunchiligida belgilangan (Yer kodeksi 30-
moddasi) o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi keng
qo‘llaniladi. Aloqa va elektr o‘zatish liniyalari atrofida ularni saqlanishi uchun,
shuningdek xavfsizligi maqsadida muhofaza zonalari o‘rnatiladi. Bu yerlar ilgarigi
yerdan foydalanuvchilar
ixtiyorida qoladi, ammo yerga nisbatan ularning huquqlari
ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi. Muhofaza zonalari yerdan maxsus shartlar
bilan foydalanishning bir turini tashkil etadi.
Aloqa yerlarining huquqiy holati, muhofaza zonalari huquqiy holatining
o‘ziga xos xususiyatlari. Aloqa liniyalarini muhofaza qilish qoidalari, yuqori voltli
elektr o‘zatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari, 1000 voltgacha
kuchlanishdagi elektr o‘zatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari bilan
belgilanadi.
Aloqa va elektr o‘zatish korxonalariga muddatsiz yoki vaqtnchalik
foydalanish uchun yer uchastkalari ajratish, turli xil muhofaza zonalarini belgilash,
shu xildagi yerdan foydalanish turlari munosabati bilan vujudga keladigan o‘rmon,
yer osti boyliklari, suvlarni muhofaza qilish manfaatlarini hisobga olish zaruriyati
152
1000 voltgacha kuchlanishdagi elektr o‘zatish liniyalarini muhofaza qilish
qoidalariga ko‘ra muhofaza zonalari quyidagicha belgilanadi:
1. Elektr o‘zatishning yer usti (xavo) liniyalari bo‘ylab (binolarga kiritish
nuqtasidagi shahobchalar bundan mustasno) eng chetdagi og‘ishmagan holatdagi
simlarning yer yuzasiga tushgan proeksiyasidan (soyasidan) xar ikki tomondan 2
metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar
bilan chegaralangan yer
uchastkasini qoldirish;
2. Elektr o‘zatishning yer osti kabeli liniyalari bo‘ylab, eng chetdagi
kabellardan xar ikki tarafdan bir metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri
chiziqlar bilan chegaralangan yer
uchastkasi qoldirish; kabellar shaxarlarda yo‘lak
(trotuar)lar tagidan o‘tkazilgan xollarda esa binolar va inshootlar tarafidan 60
santimetr va yo‘lning qatnov qismi tarafidan esa 1 metr masofa qoldirib, tortilgan
parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish;
3. Elektr o‘zatishning suv osti kabel liniyalari bo‘ylab, xar bir kabelning uch
tarafidan 100 metrdan masofa qoldirilgan holda suv yuzasidan suv tubigacha
bo‘lgan masofadagi yer (suv) uchastkasi qoldirish.
Aloqa va elektr o‘zatish liniyalari qurib bo‘lingandan so‘ng tegishli
tashkilotlar yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiyaqarish uchun yaroqli
xolga keltirishi, etkazilgan zararni qoplashlari kerak. Yer uchastkasi tegishli
bo‘lgan qishloq xo‘jalik, kooperativ, davlat korxonalari aloqa va elektr liniyalariga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari, ularga ziyon etkazmasliklari, himoya
qilishlari shart bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: