1. Ibtidoiy (urug’-qabila) dinlari - fetishizm, totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shamon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan. Hozirgi Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan:
Milliy dinlar - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (Yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm (yaponlarga xos).
50 Jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik (Yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo’linadi.
Talabaning diqqatini ibtidoiy din shakllaridan tortib urug’-qabila, milliy va jahon dinlarining paydo bo’lishi, rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlari mavjud ekanligiga qaratish zarur.
Dinning ijtimoiy ildizi - ijtimoiy ehtiyojlar va insonlarni tabiatga, jamiyatga, bir-biriga bo’lgan munosabati bilan bog’liq sabablar yig’indisidir.
Dinning gnoseologik ildizi - dunyoni, odamning o’z-o’zini bilish sohasi, mavhum tafakkurning taraqqiyoti bilan bog’liq sabablar.
Dinning psixologik ildizi - diniy tushunchalar, tasavvurlari bilan bog’liq kishilarning ruhiy holatlari, kayfiyatlari, his-tuyg’ulari.
E’tiqod (arabcha - i’taqa) ishonch, imonli bo’lish ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo’l-yo’riq bo’lib, aql va iroda vositasida anglangan bilim, g’oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini hamda ularning to’g’riligiga ishonch bilan bog’liq bo’lgan psixologik holatni ifodalaydi.
51 Milliy istiqlol va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot inson qadri, uning manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Talaba yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi va fikrlash qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu vazifani bajarishda esa diniy ta’limotlarning ijobiy ta’siri salmoqlidir. Din bag’rida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy- axloqiy qadriyatlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Mavzu bo’yicha savollar:
Dinshunoslik fanining predmeti nimani o’rganadi?
Mazkur kursning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Dinning jamiyatda va inson hayotida qanday vazifalarni bajaradi?
Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishining ilmiy asoslarini o’rganishning qanday metodlari mavjud?
Dinshunoslik kursining amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
Dinning ta’rifini aytib bering.
Dinlarning kelib chiqishi va mavjudligining qanday sabablari bor?
E’tiqod deganda nimani tushunasiz?
Dinning shakllari haqida ma’lumot bering.
MAVZU
DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI
REJA:
Diniy ong asoslarining shakllanishi.
Urug’-qabila dinlarining shakllari.
Markaziy Osiyodagi qadimgi aholining diniy tasavvurlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |