«Atrof-muhit muhofazasi » ta’lim yo’nalishi 4-kurs tаlаbаsi
Hamdamov Azamat Tayirovichning
Qarshi shahri hududida suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish shakliy loyihasini takomillashtirish.
Raxbar: Muradov Sh.O.
Mavzuning dolzarbligi
Ma'lumki, iqlim o'zgarishining suv resurslariga ta'siri qo'shimcha isbot talab qilmaydi. Ayniqsa, arid xududlarda bu ta'sir yaqqol ko'zga tashlanadi. Misol tariqasida, Qashqadaryo viloyatimizni keltirishimiz mumkin.
12-17 aprel kunlari Koreyaning Tegu-Kenbul shahrida 7-Jahon suv forumi bo'lib o'tgan forum munosabati bilan 13-aprel kuni “Vazirlar deklarasiya”si qabul qilindi. Aynan shu deklarasiyaning 11-punktida “Barqaror rivojlanishda suv resurslarini integrallashuv boshqarishni tashkil qilish” deb ta'kidlangan. Respublikada qabul qilingan 1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi» qonunning 111-112 moddalari xam suv resurslarini muhofaza qilish va integrallashuv boshqarishga bag'ishlangan. Yurtboshimiz 30-noyabr 2011 yil viloyatimizda o'tkazgan navbatdan tashqari sessiyasida Qarshi shaxri xududining suv ta'minoti darajasi pastligini xisobga olgan xolda, Ayrum kanalidagi suvdan samarali foydalanish va shu xudud atrofini suv bilan ta'minlanishi masalasini qo'ydilar. «Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi» qonunning talabiga muvofiq va aynan yuqorida qayd qilingan masala yuzasidan kelib chiqqan xolda men ushbu mavzuni tanlaganman.
Bitiruv malakaviy ish maqsadi
1.Qarshi shahri tabiiy resurslarini o'rganish va fizik-geografik jihatdan tavsiflash;
2. Hududning suv resurslarini baholash maqsadida aniq gidrologik post ma'lumotlariga asoslanib matematik statistika usuli asosida zamonaviy matematik dasturlarni qo'llash bilan gidrologik tahlilni o'tkazish;
3. Tanlangan reprezintativ hududning asosiy iqtisodiy tarmoqlarini aniqlash, suv sarfini va oqova suv miqdorini aniqlash;
4. Hisoblashlar asosida takomillashgan yechimni taklif qilish
Qarshi shahri shamol guldastasi
Hududning ekologik holati
Shahar hududi va BMI xisobi uchun ajratilgan mahallani suv resurslarining ta'minlanganlik darajasini o'rganib chiqdim. Aralovul mahallasida haqiqatdan ham ichimlik va sug'orish suvlari muammo ayniqsa hech ham esimizdan chiqmaydigan 2014 yilda bo'lgan qurg'oqchilik bu hududga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bunda nafaqat aholi, balki o'simlik va hayvonot dunyosiga ham zarar yetgan.Sizot suvlari sathi pasayib, yer usti suvlari ham kamayib ketgan.