Tоshkent «iqtisod moliya»


Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi



Download 1,84 Mb.
bet106/186
Sana06.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#532506
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186
Bog'liq
MARKETING

Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi raqobatchilar narxlarini kuzatib borishni talab etadi, o‘z xarajatlari va talabning hisobi bo‘ysunuvchi rolini o‘ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi yetakchining narxi yoki o‘rtacha tarmoqli so‘raladigan narxning yuzaga kelgan darajasi ko‘rib chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga uning takliflarini boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati, foydali xossasi, servisi, kafolati va boshqalarga ko‘ra ustuvorligi sifatida raqobatchi tovar narxi darajasida bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, narx belgilash metodining har biri alohida bozorning, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardan ajralgan holda yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i zarur. Tovarni sotish narxini narx siyosatining “sehrli uchburchagi” doirasida belgilash marketingga oid yondashuv hisoblanadi.
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg‘un kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor konyunkturasi, raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar kursining o‘zgarishi ta’sir qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bu baholarni ifodalashda maxsus so‘zlardan foydalaniladi, ularni qo‘shib aytish zarur.
Firma ichida tovar siyosati o‘tkazilganda firmaning umumiy natijalarini muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak.
Ikkita maqsadga intilish zarur:

  • baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish bo‘limini quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi ko‘zda tutiladi;

  • baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i chet el bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun.

Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki soliq qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va firmaning filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab qiladi.
Agar soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi mamlakatda sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi.
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z mamlakatining soliq xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida qabul qila olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga ham ta’sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki, qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi.
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat qiladi.
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish qiyinligini baholash qiyin emas.
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilanadigan baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga olgan holda solishtirilishi kerak.
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari, sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini sezilarli ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlarni aniq baholashni, javobgar shaxs kim bo‘lishini aniq tasavvur qilishni talab qiladi.
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda ayblashi mumkin.
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga oshiriladigan bitimlarda qo‘llaniladigan baho, to‘lov erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan baho.
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin. Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni quyidagicha guruhlash mumkin.

  1. Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birjalarida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.

  2. Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lumotlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus tashkilotlarning davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar.

  3. Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan import shartnomalari haqida ma’lumotlar.

  4. Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi baholar haqida ma’lumotlar.

  5. Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash manbalardagi ma’lumotlar.

Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida ma’lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi zarur. Bu ishlar bilan narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki bevosita eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor guruh ham shug‘ullanishi mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari va boshqalar.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish