Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi
|
Bozorga chiqish bosqichi
|
O‘sish bosqichi
|
Yetuklik bosqichi
|
Chiqish bosqichi
|
Tovar
|
Asosiy
|
Nomenklaturasini kengay-
tirish
|
Yangi tovarlarni bozorga kiritish
|
Bozordan chiqish
|
Baho
|
Past, aksincha yuqori
|
Narx oldingi fazadagiga nisbatan
baland, yoki
uning yuqori
darajasiga mos keladi
|
Chegirma va narxga
nisbatan texnik harakatlar
|
Talab holatiga mos keladi
|
Sotish
|
Tovar tarqatish chegaralangan, bir segmentda konsentratsiyalangan
|
Sotishni tez kengaytirish, yangi
segmentlarni topish
|
Intensiv sotish
|
Tovarni tanlab tarqatish
|
Tovarni bozorga siljitish
|
Ancha harakat talab etiladi
|
Mumkin qadar maksimal harakat
|
Foydaga mos ravishda
harakatning kuchsizlanishi
|
Tovarni bozordan chiqarish
|
Servis
|
Nazorat, mumkin qadar
markazlashtirilgan nazorat
|
Nazorat, mumkin qadar
markazlash-
tirilmagan nazorat
|
Servis markazi
tomonidan olib
boriladigan nazorat
|
Tovarni sotish uchun yangi
imkoniyatlar yaratish
maqsadida servisdan foydalanish
|
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, firma yoki korxona tovarning turli hayotiylik davri bosqichida ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi.
9.3. Yangi tovar tushunchasi
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar, iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab chiqarayotgan tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi doimo yangi va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturiga ega bo‘lishi kerak.
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda yo‘lga qo‘yishi mumkin:
Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda firma boshqa biron firmaning mahsulotini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi.
Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o‘z kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar bo‘limini tashkil etadi.
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilsada, nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Buning oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari o‘ziga yoqqan biron yangi turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy bo‘lsa ham ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi tovar haqidagi g‘oyaning o‘zi qiziqarli, lekin bu tovarga bo‘lgan bozor talabi keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. Boshqa bir holatni olaylik: tovar g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namunasini yaratish jarayonida tovar konstruksiyasi talab darajasida bo‘lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik, g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga sabab ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi uchun qiziqarli bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi, bozorda kerakli xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi ham ushbu tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab qilinmasa, ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan, yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan o‘tadi:
shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |