Sof monopoliya Bozorda tovar sotadigan bitta sotuvchi ishtirok etadi
Oligopoliya Tarmoqda bir nechta yirik kompaniyalarning hukmronligi
Monopolistik raqobat Farqlanuvchi takliflar bilan chiquvchi ko‘p sonli raqobatchilar (differensiyalangan tovar, turlicha namoyish qilish)
Sof raqobat Bir turdagi tovarlarni taklif qiluvchi (differensiyalanmagan) ko‘p sonli raqobatchilar
Raqobatli vaziyatning har biri marketing faoliyatiga o‘z cheklashlarini kiritadigan to‘rtta asosiy turini ajratish qabul qilingan. Marketolog uchun bozordagi raqobatli vaziyatni bilish shuning uchun muhimki, shu yo‘l bilan u samarali tovar, narx, sotish (o‘tkazish) va kommunikatsion siyosatni ishlab chiqadi.
Monopoliya. Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniyalar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning tovari qisqa muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning monopoliyasidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga to‘g‘ri keladigan bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga to‘g‘ri keladi.
Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori bo‘ladi. Biroq unga bozorning o‘sib borayotgan potensialini va yuqori daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim omilga aylanadi, bu omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi.
Oligopoliya – bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq.
Oligopoliya vaziyati eng ko‘p standartlashtirilgan va differensiallangan mahsulotlar bozorida uchraydi. Qoidaga ko‘ra ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar (xomashyo, materiallar, mashinalar, asbobuskunalar) standartlashtirilgan, iste’mol tovarlari esa differensiallangandir. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati ko‘proq tovarlar bozori yetilish darajasida bo‘lganida uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |