Tоshkent «iqtisod moliya»


Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini



Download 1,84 Mb.
bet17/186
Sana06.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#532506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
Bog'liq
MARKETING

Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxonalar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidida kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mumkin.

  • Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing prinsiplaridan biri - firmaning hamma xodimlari uchun marketingga xos fikr-mulohazalarning zarurligidir. Firma rahbariyati shunday tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko‘ra firmaning hamma ishchilari o‘zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, jamiyatning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, mijozlarni hurmat qilishlari zarur. Ayrim kompaniyalarning o‘z xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari mavjud: “Iste’molchi – qirol, shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa ishonchli tobelarmiz. Unutmang, mijozlar sizga ish haqi to‘laydi. Tovar xarid qilgan ellikta iste’molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to‘g‘ri keladi”.

    Marketing prinsiplari:
    1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste’mol qarorini qabul qilish hisobi (bozorga kirish).
    2.Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sharoit yaratish (bozorga moslashish).
    3. Iste’molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish (bozorga, iste’molchilarga ta’sir o‘tkazish).
    2.2. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni

    Marketingning maqsadi firma maqsadiga erishish uchun vosita hisoblanadi. Marketingning asosiy maqsadi - ayirboshlash jarayonini muntazam shakllantirish va rivojlantirishdan iborat, bu o‘z navbatida uning ishtirokchilariga o‘zaro manfaat keltiradi.
    Marketing maqsadlari ma’lum iyerarxik ketma-ketlikda amalga oshirilib, iqtisodiy va psixografik maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Birinchi maqsadlar guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona foydasi, rentabelligi ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi.

    • Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagi maqsadlar strukturasini taklif etgan:

    • Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maqsadlariga erishish.

    • Alohida bozorlar va tovarlar guruhiga yo‘naltirilgan maqsadlar.

    • Marketing kompleksining alohida elementlariga yo‘naltirilgan maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste’molchiga samarali yo‘llar bilan yetkazib berish.

    Keng ma’noda marketing maqsadi talab va taklifni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni yangi g‘oyalarni tovar yaratishga tatbiq etish, ishlab chiqarish, samarali tarqatish kanallarini minimal xarajatlar bilan amalga oshirish, iste’molchilarning o‘sib borayotgan zamonaviy talablarini qondirish.
    Har qanday firmaning asosiy maqsadi - bozorni egallash, raqobatbardosh bo‘lish, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishdir va shu orqali o‘z rentabelli faoliyatini ta’minlashdir. Firmaning marketingda qo‘llaniladigan asosiy umumlashgan maqsadini F.Kotler original tarzda quyidagicha shakllantirgan:
    2.1 - jadval Korxonaning asosiy maqsadlari


    Download 1,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish