Narxlar urushi. Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan foydani kamaytiradi.
Nazorat uchun savollar
Baho nima?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud?
Erkin narx deganda nimani tushunasiz?
Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
Narx strategiyalarini tushuntiring.
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi.
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir.
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan hamma tadbirlar kompleksini: mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va chakana savdo bo‘g‘inlariga yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarning xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan keyingi (servis) iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo (o‘tkazish) va sotish tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) o‘zida jarayonlarning butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi.
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalardan biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi.
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol qilish yoki foydalanish imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li.
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida olinganda quyidagilar bilan asoslanadi:
lantirish;
tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish;
sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni yetkazish.
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi. Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
– darajali kanal
-
Bir darajali vosita (kanal) o‘ziga bitta vositachini qo‘shib oladi. Iste’mol bozorida bu vositachiga odatda, chakana savdogar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar bozorida esa – bu savdo bo‘yicha agent yoki broker hisoblanadi.
– darajali kanal
Ikki darajali vosita (kanal) ikki turdagi vositachilarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozorlarida, odatda, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar ana shunday vositachilar bo‘lib qoladilar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar bozorlarida esa bu distribyuter yoki diler bo‘lishi mumkin.
– darajali kanal
Uch darajali vosita (kanal) uch turdagi vositachilarni o‘z ichiga oladi. Mayda ulgurji vositachilar tovarlarni yirik ulgurji savdogarlardan sotib oladilar va ularning chakana savdoning uncha katta bo‘lmagan korxonalariga sotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |