Tоshkent «iqtisod moliya»


Yuqori narxlar strategiyasi



Download 2,07 Mb.
bet113/186
Sana22.06.2022
Hajmi2,07 Mb.
#692551
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186
Bog'liq
marketing kitob

Yuqori narxlar strategiyasi. Bu strategiya tovar narxini sotib oluvchilar idrok qiladigan qiymatiga nisbatan yuqoriroq narx qo‘yishni ko‘zda tutadi. Narx aslidagidan yuqori, sotuvchilar loyiq ko‘rgan narx qo‘yiladi. Biroq sotuvchi sotib oluvchilarning bu tovarga ega bo‘lib, o‘z istaklarini qondirish uchun ana shunday narxga ham rozi bo‘ladigan segmentlari mavjudligini bildiradi.
Yuqori narx strategiyasi yangi, yuqori sifatli, patent bilan himoyalangan, ishlab chiqish uchun yuqori sarf va bozorga olib chiqish uchun vaqtga ko‘ra uzoq xarajat talab qiluvchi tovarlarga nisbatan qo‘llanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan parametrlar, shuningdek, cheklangan resurslarni nazorat qilish va korxonaning imiji korxonani potensial raqobatchilar tomonidan keladigan xavfdan himoya qiladi, unga uzoq vaqt mobaynida talab narxi bo‘yicha nisbatan noelastik bo‘lgan xaridorlardan “ishlab olish”ga imkon beradi. “Mukofotli”, deb ham ataluvchi bu narx strategiyasi eng yuqori sifatli mahsulotlarga tegishli va uzoq vaqt davomida yuqori darajali narxlar belgilanishini ko‘zda tutadi.
Yuqori narxlar strategiyasiga “qaymog‘ini olish” strategiyasi ham kiradi. U yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida o‘rnatiladi. Bu strategiyaning maqsadi, bu tovar katta boylik va daromadga ega bo‘lgan xaridorlarning kattaroq qismidan ko‘proq “ishlab qolish”. “Qaymog‘ini olish” strategiyasi korxona ushbu tovarni, unga birinchilardan bo‘lib ega bo‘lish uchun katta narxda sotib olishga tayyor xaridorlar doirasi mavjudligiga ishongandagina qo‘llanishi mumkin. Bozorning bu segmenti to‘yingach, korxona xaridorlarning yangi guruhini – talabi avvalgi xaridorlar segmentiga nisbatan narx bo‘yicha ancha elastik bo‘lganlarni jalb etish uchun narxni asta-sekin pasaytira boradi. Narxni pasaytirish hamma imkoniyatlar qo‘llanib bo‘lingan bo‘lsa yoki narxni keyingi pasaytirishlar naf keltirmasligi ayon bo‘lgunga qadar amalga oshiriladi.
Yuqori narxlar strategiyasi, shuningdek, ushbu yangi tovarni ommaviy ravishda o‘tkazishdan uzoq muddat istiqbolga ega bo‘la olmaydigan korxonalar tomonidan ham (masalan, yetarlicha ishlab chiqarish quvvati yo‘qligi sababli) qo‘llaniladi. Bunday korxonalar yuqori narxdan ushbu tovarni tadqiq etish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni tezroq qoplash va yangi, boshqa ishlanmalar uchun mablag‘ olish maqsadidagina foydalanadilar. Ular o‘z tovarlari uchun “birinchisini – bozorga” degan obro‘ yaratadilar va bir qancha vaqtdan keyin o‘z xaridorlarini katta ishlab chiqarish va sotish quvvatiga ega boshqa firmalarga “beradilar”.
Yuqori narx strategiyasi korxonalar tomonidan ko‘pincha o‘z tovarlarini, uning bahosini sinovdan o‘tkazish (tekshiruv, sinovlardan o‘tkazib, ma’qullatish), narxini asta-sekin maqbul darajaga keltirish uchun qo‘llaniladi. Agar yuqori narxlar savdoning o‘ta past hajmiga, foydaga sabab bo‘lsa, korxona tanlov asosida narxni to savdo natijalari uning istagiga javob beradigan darajaga yetguncha pasaytiradi.
Yuqori narxlar davrida firma: bozorning yangi segmentlarini aniqlash (dastlab yuqori narx strategiyasi narxga nisbatan sezuvchan bo‘lmagan segmentlarda o‘tkaziladi), talab, ishlab chiqarish xarajatlari haqida axborotlar olish, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan narxga nisbatan javob reaksiyasini kechiktirish, mahsulotni sifatli mukammallashtirish, yangi mahsulot tadqiqotlari va ishlanmalari bilan bog‘liq xarajatlarni avval qoplash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Yuqori narx strategiyasi firmaga, agar hisob-kitoblarda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, narxni pasaytirishga imkon berishi mumkin. Tovar narxini pasaytirish uni oshirishdan oson.
Yuqori narx strategiyasi quyidagi hollarda yuqori natija beradi:
− yuqori narx tovarning yuqori sifat tarzini saqlaydi;
− narxga nisbatan e’tiborsiz bo‘lgan ko‘p sonli xaridorlar tomonidan joriy talabga yuqori barqaror daraja kuzatiladi. Bunday hollarda katta miqdordagi mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar yo‘qolishi kam sonli mahsulotlarni dastlabki yuqori narxlarda sotilganiga nisbatan uncha sezilarli bo‘lmaydi;
− yuqori va me’yordagi narxlar orasidagi farq uncha katta emas, chunki bunday hollarda bozorga raqobatchilar «yorib kirishi»ga sharoit yaratilmaydi;
− raqobat chegaralangan;
− tovarning uncha katta bo‘lmagan hajmi chiqarilganda mahsulot birligiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlari darajasi ishlab chiqarish quvvati to‘liq ta’minlanib ishlaganda qilinadigan xarajat darajasidan unchalik oshmaydi;
− bozorga kirish uchun anchagina to‘siqlar mavjud (patentlar, tovarlar ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarning yuqori darajasi, mahsulotlarni bozorga yo‘llash bo‘yicha vaqtiga ko‘ra katta va davomli xarajatlar va boshqalar).

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish