1. Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari
Toshkent Farmatsivtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yõnalishi 303 A guruh talabasi Safaraliyev Abbosning Farmasivtik texnologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu:Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari. Poroshoklar texnologiyasida qo'llaniladigan asbob uskunalar,ishlash prinsipi.
Reja:
1.Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari.
2.Poroshoklar tarifi, tasnifi.
3.Poroshoklar texnologiyasi
Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham
tabobatda qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo‘lishini
ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori
hisoblanadi.
Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo‘llash
uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo‘lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi.
Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab
— ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi mumkin. Undan tashqari
kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres divisi) va
taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan
usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda
beriladi.
Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.
Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi,
qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash.
Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo‘lishi tishning
emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining
maydaligi o‘rta me'yorda bo‘lgani ma'qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining
tashqi qavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga tushish zarurati yo‘k. Ishlatilishi
oldidan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga
sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib
va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak .
Agar issiqlikka chidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo‘llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi.
Xayvonot va
o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo‘lib,minerallardan solishtirma og‘irligining
kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat
angidrid va xavo namligi ta'sirida o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli
havoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari xavo ta'sirida suvini yo‘qotadi,
masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol,
xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati
jixatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik
xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda
farmatsevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.
Maydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo‘ljallangan kukunlarni maydalashdan
ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezroq va to‘laroq so‘rilishi bo‘lsa, ikkinchisi
maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning
ayrim zarrachalari ajralib ko‘rinmaydi.
Management measures after school
THANK YOU
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Farmasivtik texnologiya fanidan kitobi. 2.Internet ma'lumotlari. 3.Dori turlari texnologiyasi kitob.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |