Epidemiologiyasi. Botulizm qo’zg’atuvchisi tuproq, suv havzalarida mudom uchraydi va shulardan sabzavot, meva, oziq-ovqat maxsulotlariga tushib turadi, bular uzoq saqlab qo’yiladigan bo’lsa botulism qo’zg’atuvchisi toksin ishlab chiqarishi mumkin.Mikrob odam va hayvonlarning axlatida ham topiladi. Zaharlanish hodisasi asosan uy sharoitlarida kosyervlangan oziq-ovqat mahsulotlari(sabzavot,myeva,qo’ziqorin,baliq,go’sht va boshqalar)istye’mol qilinganida ro’y byeradi.
Profilaktikasi va davosi. Botulizmning oldini olish uchun maxsulotlarni konservalashda ularni bekamu ko’st steril bo’lishini ta’minlaydigan hamma shartlarga amal qilish zarur.Spyesifik profilaktika tariqasida A,B,C,D va E tiplariga kiradigan botulism anatoksinidan foydalaniladi, bunday anatoksin xilma-xil aralash ximiyaviy baksinalar tarkibida bo’ladi.Botulizm qo’zg’atuchisi yoki toksini bo’lishi mumkin bo’lgan mahsulotni istye’mol qilgan kishilarga botulizmga qarshi antitoksik zardob imkoni boricha ertaroq yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |