14-Mavzu: Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulism qo’zg’atuvchilari va ularning mikrobiologik xususiyatlari.
Mashg’ulot rejasi
1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.
2. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan bakteriologik, bakterioskopik va serologik usullar.
3. Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari.
Namoyish qilish
1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan oziqli muhitlar, apparatlar.
2. Anaerob infeksiyalar, gazli gangrena, qoqshol qo’zg’atuvchilaridan tayyorlangan tayyor surtmalar.
3. Jarohat anaerob infeksiyalarning morfologiyasiga, kultural xususiyatlariga, mikrobiologik diagnostikasiga bag’ishlangan rangli rasmlar, sxemalar, videoroliklar.
4. Jarohatdan ajratib olingan suyuqlikdagi perfringens toksinini lesitovitellaza sinamasi yordamida aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |