Bakteriyalarning strukturasi
Bakteriya hujayrasi hujayra devori, sitoplazmatik membrana va sitoplaz- madan iborat. sitoplazmasida hujayra yadrosi va har xil organellalar va kiritmalar bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘pgina bakteriyalarda kapsula va xivchinlar bor. Mikroorganizmlarni bo‘yalgan va bo‘yalmagan holatda mikroskopiya qilish jarayonida ularning morfologiyasi, ya’ni tuzilishi o‘rganiladi. Preparat tayyorlashda bakteriya oladigan ilmoq, ilgak, yoki tomizg‘ichdan foydalaniladi.
Bakteriyalar harakatini o‘rganish
Bakteriyalar harakatini va formalarini o‘rganish uchun ranglanmagan kul’tura mikroskopiyasidan foydalaniladi. Shu maqsadda “ osma” va “ ezil- gan” tomchi preparatlari tayyorlanadi, natriy xlorid eritmasida. “Osma” tomchini tekshirish. Buning uchun maxsus oyna, qopqoqli oyna va vazelindan foydaliladi. Qopqoqli oyna chetlariga vazelin surtiladi. Oyna ustiga tekshiriluvchi materialdan 1- tomchi tomiziladi.. Keyin sekin qopqoqli oyna bilan yopamiz, tomchi markazda turishi kerak. Bunda yopiq germetik kamera hosil bo‘ladi.Preparat mikroskopning buyum stolchasi ustiga olinadi. Kondensor sekin tushuriladi. Kichik kattalashtirgich yordamida preparatni ko‘ramiz. Bu yerda bakteriyalar harakati aniq ko‘zga tashlanadi. “Ezilgan” tomchini tekshirish. Buyum oynasiga 1 – tomchi tekshiriluvchi eritmadan tomiziladi. Usti qopqoqli oyna bilan berkitiladi. Iloji boricha havo kirmasligi kerak. Bu preparatni mikroskop ostida ko‘rishga halaqit beradi. Diqqat! Buyum oynasi va qopqoqli oyna alohida yuviladi. Preparat dezinfeksion eritmali idishga qo‘yiladi
Topshiriq
O‘qituvchi tayyor, sil kasalligi bakteriyalaridan tayyorlangan preparat olingan. Uni sil – Nilsen usilida bo‘yang. Bu usul kislotaga chidamli bakteriyalarni ranglashda qo‘l keladi. Ranglangan mikroorganizmlar spirt- lar bilan rangsizlanmaydi. Kislotaga chidamliligining sababi, tarkibida mum, lipid, va oksikislotalarning bo‘lishidir.
1. Fiksatsiya qilingan preparatga filtr qog‘ozi qo‘yiladi va ustiga sil-fuksinidan tomiziladi. Preparatni qisqich bilan ushlab parlari yo‘qolguncha gaz gorelkasida ushlab turiladi. 2 – 3 maratoba shu ish takrorla- nadi. Preparat sovugach filtr qog‘oz olinib, suv bilan yuvib tashlanadi. 2. Preparat 5 % N2SO4 eritmasi bilan rangsizlantiriladi. Buning uchun preparat H2SO4 eritmasiga 2 -3 marta solinib so‘ngra suv bilan yuvib tashlanadi. 3. Preparat metilen ko‘kining spirtli eritmasi bilan 3 – 5 min bo‘yalgach suv bilan yuviladi. Preparat quritilib mikroskop ostida qaraladi. Bunda kislotaga chidamli bakteriyalar qizil qolganlari ko‘k rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |