1.4 Mikroorganizmlar tasnifi.
Mikroblar morfologiyasi.
Bakteriyalar - (yunoncha so‘z bo‘lib, bacterion - tayoqcha demakdir) bir xujayrali, xlorofilsiz.mikroorganizmlar bo‘lib, asosan bo‘linib ko‘payish xususiyatiga ega.
Bakteriyalar -bir-birlaridan shakllariga qarab, surtmada joylanishiga karab, katta - kichikligiga karab farqlanadi.
Shakliga qarab - bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon yoki silindrsimon (asl bakteriyalar) burama bakteriyalar, spirallilarga bo‘linadi.
1,5-rasm
Bundan tashkari, tayokchasimon bakteriyalar xam mavjuddir. Tayokchasimon bakteriyalar yoki asl bakteriyalar (yunoncha co‘z bo‘lib ayepa-tayokcha demakdir) silindrsimon shaklda bo‘lib, bu bakteriyalar xam katta-kichikligiga, surtmada joylanishiga, tayokchani uchining kurinishiga karab bir-biridan fark kiladi. Katta-kichikligiga karab (razmer) bakteriyalar kuyidagi guruxlarga bo‘linadi:
juda mayda- 0,1-1,0 mkm (kuk yutal ko‘zgatuvchisi)
B) mayda- 1,2 mkm (brutsullyoz, tulyaremiya ko‘zgatuvchisi)
urtacha- 10 mkm (ichak tayokchasi va boshkalar)
G) katta, yirik -10, undan yukori (kuydirgi kasalligini ko‘zgatuvchisi)
Surtmada joylanishiga karab: yakka-yakka bo‘lib joylashadi, juft-juft bo‘lib joylashsa - diplobakteriyalar, agar spora xosil kilsa diplobatsillalar deb ataladi, bakteriyalar surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa, streptobakteriyalar deb ataladi, agar spora xosil kilsa streptobatsillalar deb ataladi, tayokchaning uchini kurinishiga karab xam xar xil bo‘lishi mumkin (misollar keltiriladi).
Bakteriyalarni kattaligi mikronlarda o‘lchanadi (1-1000). Mikroblar 0,15 mkm 45 mkm gacha bo‘lishi mumkin.
Bakteriyalarning morfologiyasini o‘rganish meditsina
mikrobiologiyasining amaliy mashgulotlarida katta axamiyatga ega bo‘lib, patogen mikroblarni ajratib olishda va ularni bir-biridan farklashda (diffirintsirofka) va ba'zi bakteriyalarni morfologik belgisini urganib, shu kasalikka diagnoz kuyishda xizmat kiladi. Shuni esda saklash kerkakki, ba'zi xollarda tashki, muxit ta'sirlari natijasida bakteriyalar o‘z shaklini o‘zgartiradi, bu xodisani polimorfizm xodisasi deb ataladi va fenotipda namayon bo‘ladi. Bakteriyalarning bu xususiyati mikrobiologiya fanining Amaliy mashgulotida katta axamiyatga egadir. Bakteriya xujayrasi asosiy xujayra elementlaridan to‘zilgan :
-Bakteriyaning tashki yopkich kavati
-Tsitoplazma
-Nukleoid
Tashki yopkich kavati - kapsuladan, xujayra devoridan va sitoplazmatik membranadan iborat.
1,6-rasm
Kapsula asosan mikrokapsula va makrokapsuladan iborat. Mikrokapsula mukopolisaxaridlardan iborat bo‘lib mikrofibrillalar kurinishida bo‘ladi va xujayra devoriga maxkam yopishgan.
Makrokapsula - tashki kavat bo‘lib polisaxaridlardan tashkil toptan. Xamma bakteriyalar kapsula xosil kilmaydi. Kapsulani murakkab buyash usullaridan Ginsa-Burri usulida buyab urganiladi. Kapsula o‘ziga buyokni kabo‘l kilmaydi, chunki ko‘p kismini suv tashkil kiladi.
Prokoriot xujayralarini asosiy belgilaridan biri membrana bilan ichki sitoplazma urtasidagi tusikliklarini yukligidir. Prokariot xujayralari xam bir xujayrali organizmlar bo‘lgani bilan, ularni to‘zilishida eukariot xujairalaridan kator xususiyatlari bilan fark kiluvchi strukturalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |