Toshkent farmatsevtika instituti



Download 5,51 Mb.
bet38/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Antigenlarni agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, gemmagglyutinatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi.

HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI. Patogen stafilokokklarga otlar, yirik shaxli qoramol, mayda shoxli mollar, cho‘chqalar, laboratoriya hayvonlaridan esa oq sichqonlar, quyonlar, mushukchalar sezgir bo‘ladi.

PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin. Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen stafilokokklar teri va teri osti to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni chaqiradi. Bo‘larga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul, periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr, tortlar, pirojniylar, mo‘zqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli intoksikatsiya holatini ko‘zatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar.

IMMUNITETI: Odam organizmi stafilokokklarga birmuncha chidamlidir. Kasallikdan so‘ng qonda antitoksinlar, pretsipitinlar, opsoninlar, agglyutininlar topiladi. Alfa antitoksinning bo‘lishi esa immunitet darajasini belgilaydi.

LOBORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Stafilokokklar avlodini asosan 3 ta turi ko‘proq uchraydi: St. Aureus, St. Piodermitis, St. Saprophiticus.

Qo‘zg‘atuvchilarning fagodiagnostikasi spetsifik faglar yordamida olib boriladi. Tekshirish uchun quyidagi materiallar olinadi: yiring, qon, shilliq qavatlaridan ajratilgan shilimshiq, balg‘am, siydik, qusuq moddasi, oshqozon chayindisi, axlat va ovqat mahsulotlari (sыr, tvorog, sut, pirojniy, tort, krem va b.).

Yiring qonli agar va kristall violet qo‘shilgan GPA ga va qonli bo‘longa ekiladi. Ajratilgan sof kulturaning morfologik, kultural va bioximik xossalari, gemolitik aktivligi, plazmokoogulyasiya va gialuronidaza xususiyatlari tekshiriladi. Quyonlarda esa virulentligi aniqlanadi. Buning uchun quyon terisi ostiga 4 mln. Miqdorda stafilokokk yuboriladi. Ovqatdan zaxarlanish hollarida ajratilgan kulturalarning enterotoksini tekshiriladi. Buning uchun etilgan quyonlarning venasiga stafilokokk kulturasi yuboriladi.

DAVOSI: Kompleks holda olib boriladi. Maxsus davosida antiistafilokokk immunoglobo‘lini, antistafilakok plazmasi va anatoksin yuboriladi. Umumiy profilaktikada – roddomlarda, xirurgiya va bolalar bo‘limlarida.

PROFILAKTIKASI: Umumsanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat sanoatida, jumladan konserva ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonga ahamiyat berish, ovqat mahsulotlarini issiq xonalarda o‘zoq saqlamaslik, bakteriya tashuvchilarni aniqlash, kassalxonalarda dezinfeksiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish, xodimlarni tashuvchilikka tekshirib turish ham muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasida chaqaloqlarni himoya qilish uchun onalarni homiladorlik paytida stafilokokk anatoksini bilan emlash tavsiya qilinadi. Ona sutini ham stafilokokklarga tekshirish ishlari amalga oshiriladi.

STREPTOKOKKLAR

Streptokokklar Streptococcus fvlodiga Streptococcaceae oilasiga kiradi. Berdji klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874 yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan. Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884 yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan.

MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari makrokapsulaga ega, gramm (+).

O‘STIRILISHI: Aerob, fakultativ anaerob. Optimal o‘sish temperaturasi 37oS, o‘sish diapozoni 20-40oS, enterokokklar uchun 10-45oS. Qandlik, qonlik, zarbodlik va assit suyuqligi qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Muhit sharoiti 7,2-7,4 ga teng bo‘lishi kerak. Qattiq muhitlarda mayda, tiniq bo‘lmagan, biroz kulrangroq yoki oq-kulrang, donador koloniyalar hosil qiladi. Qonlik agarda, streptokokklar turlariga qarab quyidagi koloniyalarni hosil qiladi:

Atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lgan koloniyalar. Bunday koloniyalarni asosan betta gemolitik streptokokklar hosil qiladi.

Gemoglobinni metgemoglabinga aylanishi natijasida atrofida diametri 1-2 mm keladigan yashil rang zona hosil qilib o‘sadigan koloniyalar.

Eritrotsitlarni o‘zgartirmagani uchun rangsiz holdagi koloniyalar. Bunday koloniyalarni gemolitik bo‘lmagan streptokokklar hosil qiladi.

Streptokokklar qandlik bo‘lonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bo‘lonni loyqalantirib o‘sadi.

FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit (ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.

TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin ajratadi:

Gemolizin

Leykotsidin

Nekrotoksin

Letal (o‘ldiruvchi) toksin

Eritrogen toksin

Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bo‘larga: gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi.

ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud.

KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga qarang).

“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi.

Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar.

EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar:

Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes.

Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae, Str. faecalis va boshqalar.

Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar.

Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar.

Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar.

CHIDAMLILIGI: Past temperaturada o‘zoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda, balg‘amda oylab saqlana oladi. 70oS gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida 15 daqiqada halok bo‘ladi.

HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar.

KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor. Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi bo‘zilganda organizmga tushadi.




Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish