Toshkent farmatsevtika instituti



Download 5,51 Mb.
bet37/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Tayanch iboralar: Micrococaceae, Lactobacillceae, gonokokk, meningokokk, pnevmokokklar

Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.

Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk, pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi.

Kokklar Enteriobacterialis tartibiga, Micrococaceae, Lactobacillceae va Neisseria oilalariga mansubdir. Kokklar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlaridan to‘qimalarining joylashishi, gram usulida bo‘yalishi, nafas olishi bioximik aktivligi va patogenlik xususiyatlari bilan farq qiladi.

Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR.

Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga Misrococeceae sinfiga Staphylococcus oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va Staph. epidermidis kiradi. Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan.

MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm. Bittadan yoki o‘zum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi.

O‘STIRILISHI: Nafas olishiga ko‘ra fakultativ anaerob. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi, muhit rN 7,2-7,4, t – 37oC , o‘sish diapazoni 10-45oS. Uy temperaturasida, kislorod va yorug‘lik etarli bo‘lganda stafilokokklar tillarang, oq, limon rang yoki boshqa pigmentlarni hosil qiladi. Pigmentlar suvda erimaydi. Ular spirt, benzin, atseton, xloroform va lyugolda eriydi.

GPA (go‘sht peptonli agar)da qavariq, chetlari tekis, diametri 1-4 mm li koloniya hosil qilib o‘sadi. Koloniyaning rangi mikrob ishlab chiqargan pigmentga bog‘liq bo‘ladi. Stafilokokklar S koloniyalardan tashqari R, J, L koloniyalar ham hosil qilib o‘sishi mumkin.

GPB (go‘sht peptonli bo‘lon)da bir tekisda loyqa hosil qilib, so‘ngra cho‘kmaga tushib o‘sadi.

Jelatinaga ekilganda, 1-2 sutkadan so‘ng ekilish yo‘nalishi bo‘yicha jelatinani suyultiradi. Qonli agarda gemoliz zonasini hosil qiladi.

FERMENTATIV XOSSASI: Proteolitik va saxarolitik fermentlarni hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi. Nitratlarni nitritlarga qaytaradi, ureaza, katalaza, fosfataza, ammiak, H2S hosil qiladi. Glyukoza, levuloza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit, glitserinlarni kislota hosil qilib parchalaydi. Argininni parchalaydigan arginaza fermentini ham hosil qiladi.

TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal (o‘lim), gemolitik va nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bo‘londagi kulturalarida enterotoksin mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi. Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi. Stafilokokklar hosil qiladigan koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, gialuronidaza, dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi. Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi. Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi, gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar (toksin, ferment va b.) termostabil bo‘lib, 80-90oS gacha qizdirishga chidaydi. Patogen stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek g (gamma), delta-gemolizinlar.

Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37oS da 7-28 kun saqlansa u anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil bo‘ladi.

ANTIGEN TO‘ZILISHI: Stafilokokk kulturasini kislotali va ishqoriy muhitda ushlab, so‘ng undagi oqsilni TXUK (trixloruksusnaya kislota) yordamida ajratib tashlash yo‘li bilan polisaxarid A va V larni ajratib olish mumkin. Bunda A polisaxaridi patogen, V esa nepatogen stafilokokklardan olinadi. Ular kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi.


Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish