O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Ro‘yxatga olindi: Sog`liqni saqlash vazirligi
№ BD – ______________________
2019____ yil “__”_____ 2019_yil “__”_______
MIKROBIOLOGIYA
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha;
500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
300000 - Ishlab chiqarish texnik soha
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
510000 – Sog’liqni saqlash;
320000 - Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (turlari bo`yicha);
5111000 – Kasb talimi (5510500 – Farmatsevtika ishi)
5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha );
5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot
sifati menejmenti .
Toshkent – 2019
O`zbеkiston Rеspublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 201__ yil «___» ______ dagi «___» –sonli buyrug`ining____- ilovasi bilan fan dasturi ro`yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirli ho‘zuridagi tibbiyot oliy va o`rta maxsus kasb-xunar ta`lim muassasalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kеngashining 201__ yil «___»______ dagi «___» –sonli bayonnomasi bilan maqullangan.
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-xunar ta`lim yo`nalishlari bo`yicha O`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kеngashda maqullangan , OO`MTV ning 201__ yil «___»______ dagi «___» –sonli buyrug`i bilan kelishilgan.
Fan dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi.
To‘zuvchilar:
Qodirova D.E. - Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti, t. f. n.
Nuralieva X.O.- Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri,dotsent t. f. n.
Taqrizchilar:
Qurbanova S. - Toshkent Davlat stomatologiya instituti mikrobiologiya va
farmakologiya kafedrasi dotsenti, t. f. n.
Fayziyeva Z.T. - Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri, t. f. d.
Fan dasturi Toshkent farmatsevtika Institut Kengashida ko`rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil «___»______ dagi «___» –sonli bayonnoma).
1. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Ushbu fan dasturi O`zbekiston Respublikasi Davlat ta`lim standarti va bakalavriat ta`lim yo`nalishi malaka talablariga asoslangan holda to‘zilgan. Kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy maqsadlaridan biri xar tomonlama kamol topgan yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalab etishtirish, uning dunyoqarashini shakllantirishdir. Farmasevtika instituti farmatsiya va sanoat farmatsiya yo`nalishi talabalari kelajakda provizor va muxandis texnolog bo‘lib, farmasevtika sohasida qolaversa mamlakatimizning sotsial taraqqiyotida asosiy omillardan biri bo‘lgan ikkilamchi metabolitlarni (antibiologik, vitaminlar, polisaxaridlarni) sintez qilishni tashkil etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar mikrobiologiya fanini chuqur o‘rganishlari lozim.
Provizorlarni tayyorlashda mikrobiologiya fanini o‘rganishdan asosiy maqsad turli sinflarga mansub mikroorganizmlarning to‘zilishi, hayoti va tarqalishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish, dori tayyorlash jarayonlari texnologiyasida kasallik chaqiruvchi mikroblarning ahamiyati, inson hayoti jarayoni va yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida mikroorganizmlarning ahamiyatini bilishdir. Mikrobiologiya fani tibbiyot fanlari o‘zluksiz rivojlanayotgan hozirgi davrida molekulyar, biologiya, genetika, gen injeneriyasi va immunologiya, biotexnologiya asoslari bilan boyib bormoqda.
Mikrobiologiya yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, diagnostikaning samaradorligini oshishi, davolash va oldini olishdagi chora-tadbirlarni o‘rgatishi provizorlar va muxandis texnologni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |