MURAKKAB OZUQA MUHITLAR
Murakkab ozuqa muhitlar 2 ga bo‘linadi. 1.Elektiv ozuqa muhitlar.
2. Differensial diagnostik ozuqa muhitlar.
Murakkab ozuqa muhitlar oddiy muhitda o‘sadigan mikroblarni yetish- tirish uchun ishlatiladi. Masalan: qonli agar / Streptokokklar uchun / qandli sho‘rva / pnevmokokklar uchun / zardobli agar.
ELEKTIV OZUQA MUHITLAR
Elektiv ozuqa muhitlar asosan har xil bakteriyalarni aralashmasidan bitta bakteriya turini ajratib olish uchun ishlatiladi. Bu bakteriyalar turi, bu muhitda boshqa mikroblarga nisbatan tez o‘sadi, boshqa bakteriyalarni o‘sishi bu muhitda orqada qoladi. Masalan: ivitilgan zardob – difteriya tayoqchasi uchun, ishqorli pepton suvi, vabo vibrioni uchun, o‘tli sho‘rva – qorin tifi tayoqchasi uchun, elektiv muhit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |