Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar
Zamonaviy farmasevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni
saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni
ta'minlaydigan ixtisoslashgan ko‘p kavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona
zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika
vositalaridan (jixozlar) foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib,
omborlar bo‘limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal
sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chikarish binolariga
(kabul kilish, saralash, saklash, yig‘ish, joylash va jo‘natish uchun mo‘ljallangan
omborning bir kismi) kirishi taqiqlanadi.
Yuklash /tushirish maydoni bitta yoki ikkita aloxida xududda bo‘lishi mumkin –
yuklash va tushirish.
Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish
omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qabul
qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch
kishidan iborat qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi
boshlig‘i, qichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri
hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga
tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba'zi xollarda hayat tarkibiga
mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul
qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy
buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta'sirlaridan, yuqori
yoki past haroratdan himoya qilish ta'minlanishi kerak.
Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat:
-
qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari;
-
qadoqning butunligini tekshirish;
-
tovarni tushirish;
-
qabul qilish joyiga olib kelish;
-
tovarni ochish;
tovarni son jixatdan qabul qilish;
-
tovarni sifat jixatdan qabul qilish;
-
saqlash joyini aniqlash.
-
Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu xujjat asosida aniq sonining
muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi:
-
Tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash;
-
Qadoqlarni ochish;
-
Son jixati an xisoblash (tortish);
-
Son jixatdan xujjat bilan solishtirish.
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jixatdan
qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy
hamda aloxida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx navo va boshqalarni
yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki giyoxvandlik vositalari
kelishi bilan darxol zaxarli va giyoxvand dori vositalari saqlash bo‘limiga
topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv xujjatlariga mosligi omborxona mudiri
tomonidan tekshiriladi.
Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – Sifat bo‘yicha qabul qilishda quyidagilarga
e'tibor qilinadi:
-
tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish;
-
Tovarlarni ochish;
-
Shartnoma bitima asosida tovarni muvofiqligini solishtirish.
Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‘ida ezilgan, singan xolatlar
aniqlansa va kuzatuv xujjat me'yorlariga javob bermasa u tovarni identifikasiya
qilinmaguncha aloxida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib quyiladi.
Aniqlangandan so‘ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi.
Sifatsiz,
qalbakilashtirilgan,
O‘zbekiston
Respublikasida
ro‘yxatdan
o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek
muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli
ta'sirini tasdiqlovchi omillar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan
chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q qilib tashlanishi kerak. Bunda ular
identifikasiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga qadar boshqa dori
vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus ajratilgan joyda dalolatnoma
asosida saqlanishi kerak.
Tovarni joylashtirish va saqlash- Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy
buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va
tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar
polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda
bir necha qavatda joylashtiriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-
uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizasiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va
tibbiy buyumlarning buzilishi (to‘kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar
tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminasiyasining
oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |