Toshkent farmatsevtika instituti


Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi 
 Ulgurji  savdo  tashkilotlari-  (Distrib'yutorlar)    -  bu  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarini  ulgurji    yo‘l  bilan  sotib  olish  va    ularni  chakana  savdo  nuqtalariga 
qayta sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor.  
-  distrib'yutorning  vazifasi-dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni    sotish  olish, 
joylash,  saqlash,  ishlab  chiqaruvchilar  va  chakana  sotuvchilar  (dorixonalar) 
o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, buyurtmalar asosida  ularni ta'minlash; 
 -  distrib'yutor  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ishlab  chiqaruvchilardan  sotib 
olish  narxi  va  chakana  savdo  tarmoqlariga  yetqazib  berish  narxi  o‘rtasidagi  farqi 
xisobiga faoliyat yuritadilar.  
Aniq bir tasnif  xususiyatiga qarab, ulgurji  farmasevtika tashkilotlari quyidagilarga 
bo‘linadi: 
-  xududiy  ulgurji  tashkilotlar,  tovarlarni  ulgurji  savdosi  jarayonini  tugatib, 
farmdistrib'yutorlar  va  maxalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  maxsulotlarini  sotib 
oladilar,  so‘ngra  farmasevtika  maxsulotlarini  chakana  savdo  tarmoqlariga 
(dorixonar)  olib  chiqadilar,  chunki  ular  bozorda  o‘z  ta'sir  doirasini  aniq 
belgilaydilar. 
-  ixtisoslashtirilgan  ulgurji  tashkilotlar  -bir  yoki  necha  gurux  tovarlarning  bir  xil 
iste'mol  xususiyatlari  va  maqsadlari  bilan  olish  va  sotishlarini  amalga  oshira 


oladilar  (masalan  ortopediya  tovarlar).  Agar  ulgurji  tashkilot  muayyan  tovarlarni 
sotishga ixtisoslashgan bo‘lsa, unda bu diler va ma'lum bir ishlab chiqaruvchining 
tovarlarini sotishda ixtisoslashgan bo‘lsa-bu rasmiy diler deb ataladi. 
-universal  ulgurji  farmasevtika  tashkilotlari  turli  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarini sotadi va sotib oladi. 
-mustaqil  ulgurji  tashkilotlar  -savdo-sotiq  faoliyatiga  ixtisoslashgan  mustaqil 
tovarlarning  ulgurji  savdosi,  mol-mulkni  butunlay  ulgurji  savdoga  o‘tqazish  yo‘li 
bilan sotib to‘liq xajmini amalga oshirish. 
     Xozirgi  vaqtda  qator  rivojlangan  mamlakatlarda  ulgurji  sotish  tegishli  yaxshi 
amaliyotning  qoidalari  (GDP  –  Good  Distribution  Practice)  mavjud.  Ushbu 
xujjatda  tovar  xakaratining  har  bir  bosqichlarida  dori  vositalari  sifatini,  qayd 
qilinishini,  saqlash  talablarini  bajara  oladigan,  yetkazib  berish  kafolatini  va 
boshqalarni  ta'minlab  beradigan  tegishli  ulgurji  savdoning  asosiy  negizlari 
belgilangan. Ushbu xujjat dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi 
xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z ichiga olgan. 
Ulgurji  sotish  jarayonida  zarur  bo‘lgan  asosiy  xujjatlar  sanab  o‘tilgan  bo‘lib,  ular  
dori vositalari harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik jarayonlarini izoxlaydigan 
buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. 
    Yaxshi  saqlash  amaliyoti  (GSP)  –farmasevtika  tovarlarini    to‘g‘ri  saqlash  va 
tashish  uchun  mo‘ljallangan  qator  chora-tadbirlarni  belgilaydi.  Mazkur 
standartning  asosiy  maqsadi  ishlab  chiqaruvchilardan  iste'molchiga  yo‘naltirilgan 
mahsulot  sifatini  saqlab  qolishdir.  Ushbu  qoidalar  JSST  mutaxasisslari  qo‘mitasi 
tomonidan  tavsiya  etilgan  boshqa  GSP  standartlari  bilan  chambarchas  bog‘liq  
bo‘lib,  aniq  chora-tadbirlar  tavsifini  o‘z  ichiga  oladi.  GSP  qoidalari  farmasevtika 
mahsulotlarini  saqlash,  tashish  va  tarqatish  bilan  bog‘liq  barcha  xodimlarga 
taaluqlidir.  
    Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  farmasevtika  bozorida  150ga  yaqin 
mahalliy ulgurji  savlo tashkilotlari faoliyat yuritmoqdalar.  
    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  noyabrdagi  №  5229  son 
farmoishga  muvofiq  “O‘zmedimpeks”  DUK  moliyalashtirish  manbasidan  qat'iy 
nazar,  O‘zbekiston  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  belgilanadigan  ro‘yxat 
bo‘yicha  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlari,  davlat 
sog‘lig‘ini saqlash muassasalari uchun tibbiyot texnikalari hamda maxsus tibbiyot 
avtotransportining  yagona  yetkazib  beruvchisi,  shuningdek,  ularni  saqlash,  qayta 
ishlash va yetkazib berish bo‘yicha agent deb belgilangan. 


    “O‘zmedimpeks”  DUKning  asosiy  vazifalari  etib  farmasevtika  tarmog‘ini 
barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy 
etish  orqali  ishlab  chiqish  va  ro‘yobga  chiqarish,  farmasevtika  korxonalari  va 
tashkilotlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  aholi  va  davlat  sog‘liqni  saqlash 
muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiyot  buyumlari  bilan  ta'minlashni    amalga 
oshirish deb belgilangan.  
 Ulgurji savdo shakllari 
    Ulgurji farmasevtika tashkilotlari faoliyatining tartibi  O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  6  apreldagi  185-son  “Dori  vositalari  va 
farmasevtika  faoliyati  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  respublikasi  Qonuniga 
o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqidagi  2016  yil  4  yanvardagi  O‘RQ-399 
son  “O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  qarorida  belgilangan.  Mazkur  Qarorning  1-ilovasida  “Dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizasiya  qilish  tartibi  to‘g‘risidagi 
Nizom” tasdiqlangan. 
    Ushbu qaror talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar,  shuningdek  dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizasiya  qiluvchi  tashkilotlar  uchun 
majburiy  hisoblanadi.  Qaror  talablariga  muvofiq  dori  vositalarini  va  tibbiy 
buyumlarni  ishlab  chiqaruvchilar  va  ulgurji  realizasiya  qiluvchi  tashkilotlar 
tomonidan  tibbiyot  amaliyotida  qo‘llanilishiga  ruxsat  etilgan  dori  vositalarini  va 
tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizasiya  qilish  va  farmasevtika  faoliyatini  amalga 
oshirish  uchun  tegishli  lisenziyaga  ega  bo‘lishlari  shart.  Farmasevtika  faoliyatini 
lisenziyalashni  amalga  oshirishni  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2017  yil  12  mayda  “Farmasevtika  faoliyatini  lisenziyalash 
tartibini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son Qarori”da 
keltirilgan. 
     Ulgurji  savdo  shakllarini  tanlash  muayyan  mahsulotga,  bozorda  uning 
pozisiyasiga  (talab,  bozorning  to‘yinganlik  darajasi),  tovarni  sotuvchi  ulgurji  
kompaniya  bilan    tuzilgan  shartonomaga  bog‘liq.  Ulgurji  savdoning  ikkita  asosiy 
shakli mavjud: tranzit va ombor. 
    Tranzit shaklida: tovarlar ishlab chiqaruvchidan chakana savdo tarmog‘iga yoki 
boshqa  ulgurji  kompaniyaga  (kichikroq  yoki  boshqa  shaxarda  joylashgan)  ulgurji 
vositachilarning  omborini  chetlab  o‘tadi.  Ushbu  shaklning  afzalligni  shundaki, 
aylanma mablag‘larning tezlashishi bo‘lib, natijada logistika xarajatlari kamayadi, 
tovarlarning  saqlanish  xavfsizligi  darajasini  oshiradi.  Tranzit  yetqazib  berish, 


mahsulotni  oraliq  tayyorlashda  sifatiga  e'tibor  berish  zarur  bo‘lmasa,  qadoqlash 
talab  qilingan  taqdirda.  Bunday  xolatda  ulgurji-  vositachi,  ishlab  chiqaruvchidan 
jo‘natilgan  mahsulotdan  boshqa  turdagi  assortimentni  ajratish  imkoniga  ega 
bo‘lmaydi.   
    Ombor shakli: tovarlar ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo omborxonasiga kelib 
tushadi,  keyinchalik  turli  distribyutorlik  kanallari  orqali  chakana  savdoga 
chiqariladi.  Logistika  xarajatlarni  oshishiga  qaramasdan,  bu  xolatda  savdo  uchun 
kerakli  tovalar  assortimenti    turi  ko‘payadi  va  ta'minoti  yaxshilanadi.  Xar  bir 
dorixona tashkiloti uchun kerakli bo‘lgan tovar turlarini yaratish imkoni yaratiladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish