Fosfoproteidlar – oqsil molekulalarining fosfat kislota bilan hosil qilgan kompleksi bo`lib, gidroliz qilinganda, aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota ham ajralib chiqadi. Fosfoproteidlar molekulasida fosfat kislota serin va boshqa oksiaminokislotalar bilan efir bog`i orqali birikkan. Ularga sut oqsili kazein, tuxumdan ajratib olingan ovovitellin va baliq urug`idan olingan ixtulinlar kiradi, fosfat kislota miqdori esa 1% gacha. MNS hujayralarida fosfoproteinlar miqdori nisbatan ko`p. Fosfoproteidlar oqsilining fosforillanishi uning vazifasini ham o`zgartiradi. Maxsus fermentlar, masalan, glikogenfosforilaza, lipaza ishtirokida oqsillarning fosforillanishi va defosforillanishi ular hujayradagi vazifasini belgilaydi. Gistonlarning fosforillanishi ularning DNK bilan bog`lanishini susaytiradi va DNKning matritsadagi faolligini oshiradi. Fosfat kislotaning oqsil molekulasi bilan β-oksiaminokislotalar (serin, treonin) orqali murakkab efir bog` orqali bog`lanishi – fosfoproteidlar uchun xos reaktsiya hisoblanadi. Bir molekula oqsilga asosan 2-4 molekula fosfat kislota qoldig`i to`g`ri keladi.
-
|
|
|
|
|
|
|
OH
|
CH2 - OH
|
OH
|
|
|
|
|
|
CH2
|
– O
|
– P=O
|
|
|
|
|
CH – NH2
|
+ HO–P=O
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
CH – NH2
|
OH
|
|
|
|
-H2O
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
COOH
|
OH
|
COOH
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Serin
Fosfoserin
Hujayralarda fosfoproteidlar proteinkinazalar ishtirokida posttranskriptsion
modifikatsiya jarayonida fosforillanishga uchrashida hosil bo`ladi. Fosfoproteidlar organik bog`langan, labil, hujayraning qator biologik funktsiyalarini bajarish uchun fosfatni saqlaydi. Bundan tashqari, ular embrion rivojlanishi va organizmning postnatal o`sishi va rivojlanishida qimmatli energiya va plastik material hisoblanadi.
Kofaktorproteidlar - oqsil va oqsil bo`lmagan qism – kofaktorlardan tashkil topgan aralash makromolekulalar. Kofaktor sifatida vitaminlar va ularning unumlari – kofermentlari, tarkibida porfirin tutuvchi makrotsiklik biometallar ishtirok etadi.
Kofaktorproteidlar rangli yoki rangsiz bo`lishi mumkin. Rangli murakkab oqsillar xromoproteidlar (grek. chromos – bo`yoq) deb atalib, ularga kiradi:
gemproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – gem);
xlorofillproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – xlorofill);
kobamidproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – B12 vitamini);
retinalproteid (oqsil bo`lmagan qismi – A vitamini);
flavoproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – flavinlar). Kofaktorlarning asosiy qismini fermentlar tashkil etadi.
Tarkibida porfirin saqlovchi proteidlarga gemproteidlar, xlorofillproteidlar
va kobamidproteidlar kiradi. Porfirinlarning kimyoviy negizini metilen ko`prikchalari orqali bog`langan 4 ta pirrol halqadan iborat makrotsikl – porfin tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |