Xavotirlanish reaktsiyasi – stress vaqtida gomeostaz o`zgarishiga javoban
organizmning moslanish jarayonlari tezlik bilan mobilizatsiyalanadi (birlamchi
shokka nisbatan). Bu vaqtda ta`sirotga nisbatan organizm chidamliligi tez ortadi.
Rezistentlik bosqichida – organizmni stressorga nisbatan umumiy va
nospetsifik xarakterga ega bo`lgan qarshiligi yuzaga keladi. Masalan, agar stress sovuq tufayli yuzaga kelsa, rezistentlik bosqichida faqat sovuqqa emas, balki yuqori harorat, rentgen nurlari, toksinlar va boshqalarga nisbatan ham chidamlilik
ortadi. Stress juda kuchli bo`lsa yoki uzoq davom etsa,
himoya - moslanish mexanizmlari zaiflashadi, organizm umumiy adaptatsion
sindromining uchinchi bosqichiga o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |