Oqsillar tuzilish darajasining murakkabligi. Ayrim tabiiy (faqat bir xil aminokislotdan tashkil topgan) va sun’iy usulda olingan polipeptidlarni faqatgina
yuqori molekula og`irligiga ega bo`lganligiga qarab, oqsillarga kiritib bo`lmaydi, chunki tabiiy oqsillar ulardan farqli o`laroq denaturatsiyaga uchraganda, peptid bog`larini saqlab qolgan holda oqsillarning noyob belgisi bo`lgan fizik-kimyoviy, asosiysi biologik vazifalarini ham yo`qotadi. Denaturatsiya xususiyati oddiy polipeptidlarda bo`lmay, tabiiy oqsil molekulasining murakkab fazoviy tuzilishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |