Toshkent farmatsevtika instituti



Download 13,75 Mb.
bet76/476
Sana31.12.2021
Hajmi13,75 Mb.
#217587
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   476
Bog'liq
Biokimyo kitob-Odilov.

Nazorat savollari


  1. Glikoproteidlarning tuzilishi va xossalari?




  1. Glikoproteidlarning biologik ahamiyati nimada?




  1. Lipoproteidlar va proteolipidlarning umumiy xossalari va farqli tomonlari.




  1. Fosfoproteidlarning tarkibi va ahamiyati.




  1. Kofaktorproteidlar va ularning tasniflanishi.




  1. Gemoglobin va uning unumlarining vazifalari.




  1. Metalloproteidlarning tarkibi va biologik ahamiyati?




  1. Nukleoproteidlar xossasi, biologik ahamiyati.




  1. Ferment va ferment bo`lmagan gemproteidlar tarkibiy qismi, vazifalari.

81


3-bob. Fermentlar
3.1. Fermentlarning strukturasi, funktsional tuzilishi va ta’sir etish mexanizmi

Fermentlar, ularning xossalari. Fermentlar oqsil tabiatli biologik
katalizatorlardir. ―Ferment‖ atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan va u spirtli bijg`ishiga qo`llanilgan. Dastlabki davrda ferment so`zi faqat achish jarayoni bilan bog`liq holda qaralgan hamda ta’siri tirik organizm bilan bog`liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan tashqarida ta’sir etadigan biokatalizator, Kyune tomonidan 1878 yilda fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – ―achitqi ichida‖ degan ma’noni bildiradi) nomi bilan yuritila boshlandi. 1897 yili Byuxner hujayradan glyukozani tirik achitqilar singari etil spirti va karbonat angidridga parchalaydigan erkin achitqi ekstrakti olgandan so`ng ferment va enzim nomlari orasidagi farq yo`qoldi. Hozirgi vaqtda ferment va enzim so`zlari to`la sinonim bo`lib, adabiyotda har ikkala atama deyarli teng, bir xil ma’noda qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda fermentologiya (enzimologiya) – bioximiyaning muhim qismi bo`lib, uning yutuqlaridan amaliy tibbiyot, farmasiya, oziq-ovqat sanoati va xalq xo`jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi.
Ma’lumki, kimyoviy reaktsiyani borishi boshlang`ich va oxirgi
mahsulotlarning erkin energiyalari orasidagi farq bilan belgilanadi. Agar boshlang`ich moddada mahsulotga nisbatan erkin energiya yuqori bo`lsa, ya’ni


  1. G manfiy, bunda reaktsiya o`zi borishi mumkin (ekzergonik reaktsiya). Erkin energiyaning aksincha bo`lgan qiymatlarida endergonik reaktsiya kuzatilib, uning borishi uchun energetik imkoniyat yetishmaydi va u boshqa bir ekzergonik reaktsiya bilan bog`langan holda o`tadi. Bunda reaktsiyaning umumiy energetik balansi musbat bo`ladi. Lekin ekzergonik reaktsiya energetik imkoniyati mazkur reaktsiya tezligini anglatmaydi. Masalan, benzinning kislorod ishtirokida yonishi keskin ekzergonik reaktsiya hisoblanadi, ammo benzin uglevodorodlarini odatdagi haroratda kislorod ishtirokida oksidlanishi deyarli sezilmaydi.

82


Fermentlar faollanish energiyasini pasaytirish bilan kimyoviy reaktsiyalarni tezlatadilar. Kataliz haqidagi tushunchalarga binoan, molekulalar reaktsiyaga kirishish oldidan ―faollashgan holat‖ deb ataluvchi konfigurasiya davrini o`tishi lozim. Bunday holatda molekulalar normal sharoitdagiga nisbatan ortiqroq energiyaga ega bo`ladi. Bu energiya faollanish energiyasi deb atalib, kimyoviy reaktsiya sur’atini aniqlovchi asosiy omildir. Reaktsiyaning faollanish energiyasi qancha yuksak bo`lsa, uning sur’ati ham shuncha sekin va aksincha, faollanish energiyasi qanchalik kam bo`lsa, reaktsiya ham shu qadar tez boradi. Faollanish


energiyasi molekulalarining yaqinlashishi va

reaktsiyaga

kirishuviga to`sqinlik

qilib turadigan kuchlar (energetik to`siq) ni

yengish

uchun

zarur. Demak,

reaktsiyaga shu reaktsiyaning energetik

to`sig`idan ortiqroq energiyaga ega

bo`lgan molekulalar kirishadi. Faollashgan molekulalalrning soni

qancha ko`p

bo`lsa, reaktsiya sur’ati ham shunchalik

tez

boradi. Molekulalarni faollantirish

uchun energiya (issiqlik, yorug`lik) sarf qilinishi kerak, masalan, benzinni yoqish. Katalizatorlarning vazifasi faollanish energiyasini pasaytirishdan iborat. Katalizator bunday reaktsiyani faollanish energiyasi past bo`lgan boshqa aylanma yo`nalish bilan bajaradi. Ferment ta’sir mexanizmining hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, katalitik reaktsiyada avvalo enzim (E) ta’sir etadigan substrat bilan (S) ferment substrat kompleksini hosil qiladi. So`ngra bu kompleks reaktsiya mahsulotlariga (M) parchalanib, ferment erkin holda ajralib chiqadi:


E+S↔E+M
Bunda faollanish energiyasini kamayishi, reaktsiyani shu darajada
tezlashtirdi degan xulosa chiqarmaydi. Faollanish reaktsiyasining kamayishi reaktsiya sur’atini ancha oshirib yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaktsiyani tezlatishda ma’lum bir chegaraga ega.
Demak, ferment boshlang`ich modda va reaktsiya mahsulotining erkin energiyasini o`zgartirishga ta’sir etmaydi.

Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   476




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish