Uchlamchi strukturaning asosiy xususiyatlari. Polipeptid zanjirini uchlamchi strukturasini konformatsiyasini unga kiradigan aminokislotalarning yon radikallarini xususiyatlari (ularning birlamchi va ikkilamchi struktura uchun ahamiyati yo`q) va muhit belgilab beradi. Oqsil polipeptid zanjirini taxlanishi davomida kamroq energiya sarflashga harakat qilinadi. Shuning uchun qutbsiz R-guruhlar suvdan ―qochib‖, polipeptid zanjirning gidrofob qoldiqlari qismi joylashgan joyni, ya’ni oqsillarning uchlamchi strukturasining ichki qismini hosil qiladi. Globulyar oqsilning ichki markazida suv molekulalari deyarli bo`lmaydi. Aminokislotalarning qutbli (gidrofil) R-guruhlari gidrofob yadroning tashqi tomonida joylashib, suv molekulalari bilan o`ralgan holatda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |